«...men hammadan yuqoriga Demosfenni qo‘ydim
va faqat uning kuchi
men boshqa notiqlarda ko‘rganim suxandonlikka emas, balki men orzu
qilgan suxandonlikka mos keladi. Hech kim na salmoqda, na latofatda, na
me’yorda undan o ‘tib ketgan»1. Sitseron «Notiq» asarida Demosfen nomi
ni qayta-qayta tilga oladi va uning notiqlik faoliyatini nihoyatda qadrlaydi.
IV asm ing o ‘rtalarida M akedoniya
podshohi Filipp Yunoniston
yerlarini bosib olish harakatini boshlaganda, Demosfen otashin vatan-
parvar sifatida o ‘zining jo ‘shqin faoliyatini Filipning
istilochilik hara-
katlarini fosh qilishga qaratadi. Afina demokratik tuzumining tarafdori,
o ‘z vatanining sodiq farzandi bo‘lgan Demosfen bosqinchilarga qarshi
so‘zlagan nutqlarida vatandoshlariga murojaat qilib,
yurt ozodligi, el
baxti yo‘lida birlashib, dushmanga qarshi kurashishga da’vat etadi.
Afina davlati Makedoniya tasarrufiga o‘tgach, Demosfen dushmanlari
unga qarshi bosh ko‘taradilar. Bundan bir necha yil ilgari,
xalq partiyasi
Demosfenning vatanparvarligini yuksak baholab, uni “Oltin gulchambar”
bilan taqdirlashga tavsiya etgan edi. Makedoniya tarafdorlari bu qarorga
qarshi chiqadilar. Hatto o ‘z davrining mashhur notiqlaridan bo‘lgan
Esxil
majlis qarori ustidan sudga shikoyat qilib ariza beradi va Demosfenning
bunday oliy mukofotga loyiq emasligini uqtiradi. Qayta bo‘lgan sud ikki
taniqli shaxsning yakkama-yakka olishuviga aylanib ketadi.
Sud boMayotgan maydonga shunchalik xalq to‘plangan ediki, go‘yo
mavj urib turgan dengizni eslatardi. Demosfenni qoralab so‘zga chiqqan
Esxil tamomila kurakda turmaydigan tuhmat toshlarini yog‘diradi.
“Gulchambar”ni himoya qilish maqsadida so‘z
olgan Demosfen esa,
vatanining gullab-yashnashi yoMida tinmay kurashganini, shu bilan
birga, Esxilning sotqinlikdan iborat faoliyatini yorqin nutqida obrazli tar-
zda bayon etadi. G ‘animlaming qarshiligiga qaramay, sud juda to‘g ‘ri va
haqqoniy qaror chiqaradi. Sud hukmiga muvofiq Esxilga katta miqdorda
jarima solinib, Afinadan badarg‘a qilinadi. Demosfenning “Gulchambar”
haqidagi nutqi faqat Esxil ustidan qozonilgan g‘alabagina emas,
balki
Afina va butun Yunonistondagi vatanparvarlaming tantanasi ham edi.
Suddagi muvaffaqiyatidan so‘ng, Demosfenning davlat oldidagi
obro‘si yanada oshib ketadi. Biroq Makedoniya bilan Afina o‘rtasida
boshlanib ketgan urushda afinaliklar m ag‘lub bo‘lib, barcha vatanpar-
www.ziyouz.com kutubxonasi
varlar o ‘z yurtlaridan badarg‘a qilinadi.
Demosfen esa, sirtdan oMimga
hukm etiladi. Fojiali voqealar girdobida qolgan notiq Kalavri oroliga
ketib, Poseydon ibodatxonasiga yashirinishga majbur bo‘ladi. 0 ‘sha
davrdagi an ’analarga ko‘ra, ibodatxonaga
qochib kirgan odamni kim
bo‘lishidan qat’iy nazar, qamash yoki o ‘ldirish mumkin emas edi. Chun-
ki u Xudoning panohi va himoyasida hisoblanar edi. Dushmanlari De
mosfenning yashiringan joyidan xabar topib, uni tiriklayin qo‘lga tushir-
moqchi boMadilar. Lekin Demosfen dushmanlariga m ag‘lub bo‘lgandan
ko‘ra o ‘limni afzal biladi va zahar ichib o ‘z joniga qasd qiladi.
Demosfenning nodir san’atkorligi antik dunyoda o ‘tgan va yan-
gi davrlarda yashagan notiqlar tomonidan juda yuksak baholanadi.
Uning ezgulik yo‘lidagi mashaqqatlarga to ‘la, dolg‘ali hayoti, so‘z
ustasi sifatida erishgan yutuqlari keyingi avlodlarga yuksak ibrat namu-
nasi boMib qoldi.
Dostları ilə paylaş: