27
2.3. O‘ZBEKISTONDA MONOPOLIYALARNI TARTIBGA SOLISH
MUAMMOLARI.
Monopoliyaga qarshi siyosat - davlatning monopoliyaga qarshi kurash
siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan,
quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish
(tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir
korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan
ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik
korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum
cheklangan miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab
qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori
yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi
qonunlar joriy qilinadi.
Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oldindan
shakllanib boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga,
bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga
qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga urinishlar va monopol mavqeni
suiisteʼmol qilishni ta’kidlaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman
qonuni AQShda 1890-yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi
qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar har bir
mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha
davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli koʻrinishdagi,
monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga
oshiriladi. Masalan, AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo
komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada
— Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Yaponiya va Jan. Koreyada — Halol raqobat boʻyicha komissiya, Yevropa
Ittifoqida esa — Raqobat boʻyicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi organ 1992-yil da Oʻzbekiston Respublikasi
28
Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi
sifatida tashkil qilindi. 1996-yil 15-mayda ushbu boshqarma negizida Moliya
vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi
tashkil etildi. 2000-yil 2 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi
Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan
monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat
qoʻmitasiga aylantirildi.
Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan
siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa
shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida,
birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp ukladli
iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.
Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi
kerak boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban
moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish
muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin
boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor
iqtisodi-yotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli,
narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy
talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini
cheklash toʻgʻrisida"gi qonun (1992-yil 3 avg .) qabul qilindi hamda uning asosida
raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab
chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab taqchillik yaratish, narxlarni mo-
nopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish,
raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan
mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu
korxona monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziq-ovqat
tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).
29
Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi
mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan:
a) monopol mavqedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki
rentabellik chegarasini belgilab qoʻyish;
b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib
tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish
to’gʻrisida" (1996-yil 26-aprel) qonuni asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan,
bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yoʻl
qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash
va raqobat toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 27 dek.) monopolistlar tomonidan
hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilishning oldini olish va m-nopoliyadan
chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini
koʻzlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida raqobat muhitini shakllantirish
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda,
"tabiiy monopoliyalar" deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy
monopoliyalar toʻgʻrisida"gi qonunida (1997-yil 25 aprel; yangi tahrirda 1999-yil
19 avgust.) respublikada tabiiy mo-nopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining
huquqiy asoslari belgilab berildi. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning tub
mohiyatidan kelib chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar
toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilib, ularning Yevropa Ittifoqi va boshqa
rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi taʼminlab borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |