20
sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va
tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik subyektlarining
mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Shu maqsadda O‘zbekistonda
«Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga
kiritildi (xujjat kuchini yo‘qotgan, 8.01.1997) hamda uning asosida raqobatchilikni
rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur
qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish,
raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom
usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar
raqibiga yetkazgan zararni
qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari
shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar
tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun
qabul qilindi (xujjat kuchini yo‘qotgan, 07.01.2012). Ushbu qonun monopolistik
faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy
va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat
munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan,
monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud
va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda
hukmronlik mavqeini
suiiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa,
ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan
chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda
ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga
qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi qaratilgan
21
edi.
Lekin bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi bilan shart-sharoitlar va talablar
o‘zgarib bu qonunlar asta sekinlik bilan o‘z kuchini yo‘qota boshladi. Shuning
uchun 2012 yil 6 yanvarda yangi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni qabul qilinib, oldingi «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonuni
(1992 yil, avgust) hamda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va
raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni (1996 yil 27 dekabr) o‘z kuchini yo‘qotgan deb
hisoblandi. Qabul qilingan yangi qonun hamda keyingi yillarda mamlakatimiz
Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar
asosida tarmoqlarda
monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o‘rnida mustaqil korxonalar
vujudga keltirildi, bu esa raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib
keldi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon
bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash ham dolzarb vazifa hisoblanadi.
Shu sababli ham mamlakatimizda yaratilgan texnologiyalarning
raqobatbardoshligini ta’minlash, “nou-xau”
namunalarini yaratish, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot
ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirib
borish zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: