22
raqobatga asoslangan sharoitni yaratib bo‘lmaydi yoki bunday sharoitni yaratish
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Ro’yxatga muvofiq, “Toshkent don mahsulotlari” va “Qo'qon issiqlik energo”
chiqarib tashlangan. Elektr energiya yetkazib berish xizmatini amalga oshiradigan
Steel Property Construction esa ro’yxatga qo’shilgan.
6
1.2-rasm. Tabiiy monopoliya subyektlari Qo’mita va Qoraqalpog’istonda
.3-rasm. Andijon,Buxoro va Jizzaxda tabiiy monopoliya subyektlari
1.5-rasm. Qashqadaryo va Navoiyda tabiiy monopoliya subyektlari
1.6-rasm. Namangan, Samarqand, Sirdaryoda tabiiy monopoliya subyektlari
1.7-rasm. Toshkent va Surxondaryo viloyatida tabiiy monopoliya subyektlari
1 .9-rasm.Xorazm viloyati va Toshkent shahrida tabiiy monopoliya subyektlar
1.10-rasm.Toshkent shahar tabiiy monopoliyalari davomi
Tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestri tabiiy monopoliya sub'yektlari
to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qog‘oz va elektron shakllarda saqlovchi birlashgan
axborot bazasi hisoblanadi.
Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish)
asosiy
faoliyat turi hisoblanmagan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, quyidagi alohida
shartlar asosida Reyestrga kiritiladi:
tabiiy monopoliya tovarlarining pirovard iste'molchisi aholi va/yoki budjet
tashkilotlari hisoblanganda;
iste'molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy monopoliya tovarlari hajmi shu
tovarlarning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 10 foizdan oshganda;
subabonentlarga realizatsiya qilinayotgan tabiiy monopoliya
tovari hajmlari sotib
olingan tovar hajmining 10 foizidan kam bo‘lmagan holatda.
Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya
qilayotgan) xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tovarlarni faqat o‘z ehtiyojlari yoki fors-
major holati hosil bo‘lgan vaziyatlarda, texnologik kamchiliklarni bartaraf
etish
uchun, tabiiy va texnogen xarakterga ega bo‘lgan avariya yoki favqulodda
holatlarda hamda ushbu tovarlarni qisqa muddatlarda (vaqt oralig‘i uch oygacha)
realizatsiya
qilgan taqdirda, Reyestrga kiritilmaydi.