Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan


MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK VA



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix04.08.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#138612
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Monopoliyalar, ularning amal qilish va tartibga solish xususiyatlari0022

MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK VA 
IQTISODIY TARTIBLASH : ASOSIY TAMOILLARI
 
Tarmoqdagi yakka hukmronlik holatining oldini olish va sog‘lom raqobatni 
ta‘minlashda tarmoqdagi mavjud korxonalarning soni muhim rol o‘ynaydi. 
Raqobat muhitini ta‘minlovchi korxonalar soni manbalarda turlicha 
ko‘rsatiladi. Jumladan, professor V.M.Vlasova tarmoqda oligopoliya sharoitida 2 
tadan to 20 tagacha, monopolistik raqobat sharoitida 20 tadan to 70 tagacha 
korxona amal qilishini ta‘kidlaydi. 
Demak, bundan ko‘rinadiki, tarmoqda sof raqobat muhitini ta‘minlash uchun 70 
dan ortiq korxona mavjud bo‘lishi lozim. Biroq, shu o‘rinda ta‘kidlash kerakki, 
tarmoqdagi raqobat muhiti nafaqat korxonalar soni, balki mazkur korxonalarning 
tarmoq ishlab chiqarish hajmidagi ulushiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu holat o‘z 
vaqtida nemis olimi Gerfindal tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, u tomonidan ilgari 
surilgan indeks (ya‘ni Gerfindal indeksi) orqali tarmoqdagi raqobat darajasiga baho 
berish mumkin: 
bu yerda:
N – Gerfindal indeksi; 
S – korxonaning tarmoq umumiy sotuv hajmidagi ulushi, foizda; 
n – tarmoqdagi korxonalar soni. 
Tarmoq yagona firmadan iborat bo‘lgan «sof» monopoliya holatida (n=1) 
Gerfindal indeksi 10000 ga teng bo‘ladi, ya‘ni S
1
=100%, N=100
2
=10000. Agar 
tarmoqda ikkita oligopolist-firma mavjud bo‘lib, ularning bozor ulushlari teng 
bo‘lsa (har biriniki 50%dan), u holda N=50

+ 50

= 5000. Mukammal raqobat 
holatiga yaqinlashgan sari, masalan, tarmoqda 100 ta firma mavjud bo‘lib, ular har 
birining ulushi 1%ga teng bo‘lsa, indeks N=1
1

+ 1
2

+ 1
3

+ … + 1
100

= 100. 
Gerfindal indeksi har bir firmaning bozordagi ulushi bilan bir qatorda tarmoqdagi 
firmalarning soniga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar indeksdan foydalanmay, 
faqat tarmoqdagi firmalarning soni e‘tiborga olinsa, u holda 5 ta firma 
mavjud bo‘lgan tarmoq 6 ta firma mavjud bo‘lgan tarmoqqa nisbatan 


17 
kontsentratsiyalashgan, deb o‘ylash mumkin. Biroq bu yerda 
S ko‘rsatkichi hisobga olinmayapti. Masalan, tarmoqdagi 6 ta firmaning birida 
S=50%, qolgan 5 tasida esa 10%dan bo‘lsin. U holda indeks N=50
2
+(10
2
*5)=7500. 
5 ta firmali tarmoqdagi firmalarning bozor ulushi baravar bo‘lsa, ya‘ni S=20%, u 
holda indeks N=20
2
*5=2000 bo‘ladi. Shunday qilib, oltita firma 
mavjud bo‘lgan tarmoq, beshta firma amal qiluvchi, biroq orasida ustun firma 
bo‘lmagan tarmoqga qaraganda yuqoriroq kontsentratsiya darajasiga ega bo‘ladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida monopol hukmronlik darajasini o‘lchash uchun 
Lerner indeksi (A.Lerner ingliz iqtisodchisi, bu ko‘rsatkichni XX asrning 30- 

illarida taklif etgan)dan foydalaniladi:
R va MS o‘rtasidagi tafovut qanchalik kata bo‘lsa, monopol hukmronlikning
darajasi ham shu qadar yuqori bo‘ladi. L miqdori 0 va 1 oralig‘ida bo‘ladi. R = MS 
bo‘lgan mukammal raqobat sharoitida Lerner indeksi 0 ga teng bo‘ladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin