13
oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta
miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).
Konsern
- rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat,
savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari)ning majmuini o‘z ichiga
oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini
bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zamir bo‘lgan turli soha
korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar
faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning
sanab o‘tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni
mavjud. Uning
ijobiy tomoni
asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi.
Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan
samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ikkinchidan,
monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini
joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Chunki, uncha
yirik bo‘lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan
imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish
orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga e’tibor
qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez
o‘zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‘oyalarni amalga oshirish
xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi.
Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo‘lib, innovatsiyadan
olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.
Monopoliyaning
Dostları ilə paylaş: