12
Sun’iy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun)
nomi.
Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor
muhiti tuzilishini ataylab
o‘zgartiradi, ya’ni:
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli to‘siqlar
hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi
korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan
raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi
nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi;
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun’iy monopoliyalar kartel,
sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq
shakllarda namoyon bo‘ladi.
Kartel
- bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib,
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy
egaligini saqlab qoladi, Yaratilgan mahsulotlami sotish esa kvota, ya’ni mahsulot
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari,
bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat
- bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning
birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga
mulkchilik birlashma
ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga
oshiriladi.
Trest
- ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy
egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi
birlashmasi.
Dostları ilə paylaş: