7
o‘zini oqlamaydi. Chunki, bu ijtimoiy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni muntazam
ravishda qondirish uchun katta miqdordagi doimiy xarajatlar qilinishi lozim.
Tarmoqda bir necha firmaning paydo bo‘lishi esa ularning har birining sotish
hajmini kamaytirib yuboradi. Natijada ular o‘zining eng past o‘rtacha
xarajatlari
darajasiga qadar yetib bora olmaydilar. Firmalar o‘zlarining doimiy asbob-
uskunalaridan to‘liq foydalana olmasliklari oqibatida mahsulot
birligiga bo‘lgan sarflar, shuningdek, muvofiq ravishda, ularning narxlari ham juda
yuqori bo‘ladi. Mazkur tarmoqlarda raqobatni shakllantirishning mushkulligi, agar
mahalliy telefon tarmog‘i misolida olib qaralsa, shaharda 5 ta
telefon
kompaniyasining mavjudligi boshqa odamlar bilan aloqa qilish uchun bita
xonadonda 5 ta telefon, 5ta telefon ma‘lumotnomasi, 5 ta telefon bo‘yicha hisob-
kitoblar bo‘lishi zaruriyati orqali izohlanishi mumkin.
Shuningdek, tabiiy monopoliyalar so‘ngi qo‘shilgan xarajatlarning past darajasiga
ega bo‘lib, MR=MC qoidasiga ko‘ra ishlab chiqarishni kengaytirishni foydali deb
hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, agar tarmoqda bir necha firmalar paydo bo‘lgan
taqdirda narx bo‘yicha raqobat juda keskin tus oladi. Oqibatida kuchsiz
raqiblar
xonavayron bo‘lib, saqlanib qolganlari esa o‘zaro birlashishga majbur bo‘ladilar.
Rivojlanayotgan sof monopoliya o‘z tovarlariga yanada yuqori narxlarni belgilash
orqali raqobat natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplashga hamda o‘zining
bozordagi yangi hukmronlik holatidan foyda olishga urinishi mumkin. Bunday
holatlarning oldini olish uchun odatda davlat biron-bir
korxonaga istisno tarzidagi
imtiyozni beradi. Evaziga esa monopolist faoliyatining geografik sohasini, uning
tovarlari sifatini, narxlarini nazorat qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Natijada
tartibga solinuvchi yoki davlat tomonidan tashkillangan monopoliya vujudga
keladi.
3) patent va litsenziyalar ko‘rinishidagi oshkora to‘siqlar.
Davlat tabiiy monopoliyalarga istisno tariqasidagi imtiyozlarni berish bilan
birga ko‘pincha patent va litsenziyalar berish orqali tarmoqqa kirish uchun oshkora
to‘siqlarni ham hosil qiladi.
Patentlar kashfiyotchi uchun o‘z mahsulotini ma‘lum muddat davomida nazorat
8
qilish huquqini beradi va uni monopol hokimiyat bilan ta‘minlaydi. Monopol
hukmronlik mavqeiga o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlari yoki boshqalarning
patentlarini sotib olish orqali erishgan firmalar o‘zlarining bozordagi mavqelarini
ham mustahkamlab, strategik holatni qo‘lga kiritadilar.
Biron-bir tarmoqqa kirish yoki faoliyat turi bilan shug‘ullanish davlat tomonidan
litsenziya berish orqali cheklanishi mumkin.
4) xomashyoning muhim turlariga mulkchilikning o‘rnatilishi.
Xususiy mulkchilik institutidan ham potentsial raqobatchilar uchun samarali to‘siq
yaratish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida
zarur bo‘lgan xomashyoning egasi hisoblanuvchi firma
raqobatdosh firmalarning
paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
5) g‘irrom raqobat.
Raqib firmalarni nohalol, g‘irrom usullar orqali ham bartaraf etish
mumkin. Masalan:
-o‘zgalar mahsulot belgilaridan foydalanish;
-resurs yetkazib beruvchilar va banklarga tazyiq o‘tkazish;
-o‘zga firma mutaxassislarini turli yo‘llar bilan o‘ziga ag‘darib olish;
-raqiblarni xonavayron qiluvchi past narxlarni qo‘llash va h.k.