Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan


I-BOB. MONOPOLIYA NAZARIYASI VA BOZOR HUKMRONLIGI



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix04.08.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#138612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Monopoliyalar, ularning amal qilish va tartibga solish xususiyatlari0022

I-BOB. MONOPOLIYA NAZARIYASI VA BOZOR HUKMRONLIGI
 
1.

MONOPOLIYALAR: TUSHUNCHASI, 
MOHIYATI,VUJUDGA KELISH SABABLARI TURLARI
 
Iqtisodiy adabiyotlarda sof monopoliyani o‘rganishga ham keng o‘rin ajaratiladi. 
Chunki, birinchidan, sof monopoliyalar iqtisodiy faoliyatda sezilarli o‘rin tutsalar 
(ba‘zi hollarda YaMMning 5-6% darajasida), ikkinchidan, bozorning monopolistik 
raqobat, oligopoliya kabi real modellarini tushunishga yordam beradi.
Sof monopoliya tarmoqda mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi 
yagona firma mavjud bo‘lib, bu mahsulot va xizmatlarning yaqin olrinbosarlari 
bo‘lmagan sharoitda amal qiladi. Sof monopoliyaning asosiy tavsiflovchi belgilari 
quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: 
1. Tarmoqda yagona sotuvchining mavjudligi.
Sof monopolist bita firmadan iborat bo‘lgan tarmoq hisoblanadi. Bu o‘rinda 
firma va tarmoq aynan bir tushunchadan iboratdir. 
2. Yaqin o‘rinbosar mahsulot va xizmatlarning mavjud emasligi.
Sof monopoliyaning vujudga kelishining asosiy sababi – uning mahsulotining 
yaxshi va yaqin o‘rinbosarlari mavjud emasligidir. Natijada xaridor uchun tanlov 
imkoniyati mavjud bo‘lmay, u mazkur mahsulotni monopolistdan sotib olmagan 
taqdirdan umuman undan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. 
Sof monopoliya sharoitida tovarlar reklamasi o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. 
Bunda reklama ma‘lum ahamiyat kasb etuvchi va, aksincha, ahamiyatga ega 
bo‘lmagan mahsulot turlari farqlanadi. Agar, zeb-ziynat buyumlarini reklama 
qilish orqali xaridorlarning e‘tiborlarini jalb etib, sotish hajmini ko‘paytirish 
mumkin bo‘lsa, mahalliy telefon va elektr tarmog‘i, kommunal xizmat ko‘rsatish 
korxonalarining mahsulotlari uchun reklamaga mablag‘ sarflash uchun zarurat 
yo‘q. 
3. Narx ustidan to‘liq nazoratning mavjudligi.
Agar sof raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi mavjud narxlarga «ko‘nikishga» 



majbur bo‘lsa, sof monopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchi barcha taklif hajmini 
belgilab berganligi uchun narx ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘ladi. Agar mahsulot 
narxi tushib ketguday bo‘lsa, u mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqartirish 
orqali narxni tartibga solishi mumkin. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin