MONOPOLISTIK XUKUMRONLIKNI BAHOLASH Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to‘planishidan tashqari
yana bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1) davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilaming
ichki bozorga kirish imkoniyatini yo‘qotib, monopoliyalaming
paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi;
2) banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining
jadal o‘sishiga imkon beradi.
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‘rib chiqish muhim
ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha
mezonlarga ko‘ra ajratish mumkin.
1.
Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra : sof monopoliya, oligopoliya va
monopsoniya.
Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O‘zbekiston havo
yo‘llari» DAK, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab
chiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin (1.1-rasm). Darhaqiqat, ular o‘z
tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi va xizmat
ko‘rsatuvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist
ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi monopolistik raqobat holatining
vujudga kelishiga sabab bo'ladi. “Ta’kidlash joizki, taraqqiyotimizning hozirgi
bosqichida faqat uglevodorod xomashyosi, qimmatbaho va rangli metallar, uran
xomashyosini qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxonalarni, shuningdek, tabiiy
monopoliyalarning strategik infratuzilma tarmoqlarini - temir va avtomobil
yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiya ishlab chiqarish, elektr va kommunal
tarmoqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqaruvida saqlab qolish maqsadga
muvofiq, deb topildi”
4
.
2