4
suv
havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib,
egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorga tanho yetkazib
beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. Monopoliya oʻz tabiatiga koʻra
ishlab chiqarishda turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib,
sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi
yoki zaifligidan
foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. Monopoliya bozor
munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar
monopoliyaga qarshi chora tadbirlarni koʻradilar. Monopoliyaning asosiy shakllari
—
kartel,
sindikat,
trest,
konsernlar
hisoblanadi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi
hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi
kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini
namoyon etadi. Monopoliyaning 6 turi mavjud bo'lib ular: 1.Tabiy
monopoliya
2.Legal monopoliya 3.Sun'iy monopoliya 4.Oligopoliya 5.Monopsoniya 6.Sof
monopoliya.