Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix04.08.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#138612
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Monopoliyalar, ularning amal qilish va tartibga solish xususiyatlari0022

salbiy tomon
i sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. 
Bu holat monopoliyalarning yuqori 
foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida 
narxlarni ko‘tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo‘lmagan turlarini, past 
texnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga 
keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi 


14 
iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan 
chiqadi. 
Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona 
tanlov imkoniyatidan mahim bo‘ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan 
asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini 
pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo‘ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish 
qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. 
Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga 
kiritilishi mumkin bo‘lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi.
Bu holat ham narxlarning 
monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan 
bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib 
keladi; 
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi.
Bunday 
holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari 
hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining 
bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab 
chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini 
qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni 
rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qayg‘urish kabi xatti-
harakatlardan qaytaradi; 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin