18
II -BOB. O‘ZBIKISTONDA IQTISODIYOTNI MONOPOLLASHTIRISH
XUSUSIYATLARI VA MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSAT.
2.1. O‘ZBEKISTONDA MONOPOLIYALARNING TAVSIFI.
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Bu shart-sharoitlar faqat bozor
munosabatlari qaror topgan
muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni
vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor
munosabatlari
rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan,
evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib
chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga
keltirishda davlat ham
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi
siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni
iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu
siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda
qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasiga ko‘ra, -
“iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish
hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich
kamaytirish”
6
vazifasi belgilangan. 2017 yildan boshlab Iqtisodiyot tarmoqlari
uchun samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va xizmatlar bozorida
bosqichma-bosqich monopoliyani qisqartirish ko‘zda
tutilgan chora-tadbirlarni
amalga oshirishga kirishildi.
4
Lekin, bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar,
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha
tarmoq vazirliklari mavqeiga ega bo‘lib, mahsulot va
xomashyolarning alohida
turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek,
biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish
19
kabi ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi.
Iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq bo‘luvchi bunday holatlarni bartaraf
etish maqsadida
prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “barqaror
iqtisodiy o‘sishning eng muhim garovi – raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko‘paytirish,
tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish hisoblanadi”
7
, deb ta’kidlanadi.
O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagi chora-
tadbirlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
Dostları ilə paylaş: