Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
58 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
mumkin. «Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi», 
«Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo’ladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman», 
«Maktabda uxlatishmaydi». Bunday motivlarni bolalarga odatda ota-onalar 
singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda qiziqtiradi
lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bo’la olmaydi. Ota-
onalar, pedagog, tarbiyachilar tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarining 
singdirilishi maktabda muvafaqqiyatli o‘qish omili bo’lib xizmat qila oladi. «Men 
otamga o‘xshagan bo’lishim uchun o‘qishim kerak», «Yozishni juda yaxshi 
ko‘raman», «O‘qishni o‘rganaman», «Maktabda qiyin misollarni yechishni 
o‘rganaman» — bunday motivlar to‘g‘ri motivatsion tayyorgarlikka misol bo’la 
oladi.[1-273 b] 
Motivatsiya nima? Bu nimaga bog'liq? Nima uchun bir bola quvonch bilan
ikkinchisi esa befarqlik bilan o'rganadi? 
Motiv -ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab. 
Motivatsiya keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) 
murakkab ko’p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi. Motivatsiya - insonni 
faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi bo’lib, u o’zida ehtiyojlarni, 
motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, 
normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.[2-274 b] 
Har qanday sohada faoliyatni amalga oshirish, muayyan maqsadlarga 
erishishning asosiy shartlaridan biri bu motivatsiyadir. Motivatsiyaning zamirida 
esa, psixologlar aytganidek, shaxsning ehtiyojlari va manfaatlari yotadi. Shuning 
uchun maktab o'quvchilarining o'qishlarida yaxshi muvaffaqiyatga erishish uchun 
o'rganishni kerakli jarayonga aylantirish kerak. 
Ko'pgina tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, maktab o'quvchilarida to'liq ta'lim 
motivatsiyasini shakllantirish uchun maqsadli ishlarni amalga oshirish kerak. 
Motivatsiya turlari: 
1. O`quv faoliyatidan tashqari motivatsiya 
• “Salbiy” – o‘quvchining o‘qimagan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
noqulaylik va muammolardan xabardorligidan kelib chiqadigan motivlari. 
• Ikki shaklda ijobiy: 
- ijtimoiy intilishlar (vatan, qarindoshlar oldidagi fuqarolik burchini his qilish) 
bilan belgilanadi. 
-tor shaxsiy motivlar bilan belgilanadi: boshqalarning roziligi, shaxsiy 
farovonlik yo'li va boshqalar. 
2. O'quv faoliyatining o'zi asosidagi motivatsiya 
• O‘qish maqsadlari bilan bevosita bog‘liq (qiziqishni qondirish, ma’lum 
bilimlarni egallash, dunyoqarashini kengaytirish) 
• O‘quv faoliyati jarayonining o‘ziga xos (to‘siqlarni yengish, intellektual 
faoliyat, o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish) 
O`quvchining o'quv faoliyatining motivatsion asosi quyidagi elementlardan 
iborat: 
• o'quv holatiga e'tibor qarating 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin