O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Inson qadri. 
Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. 
Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari, jamiyatda amalga oshirgan faoliyati, boshqalarga va atrof-muhitga munosabati, 
kamolotga etganligi, ijtimoiy xususiyatlarni o’zlashtirib olganligi va ularni ma’naviy qiyofasida namoyon qila 
olganligida ham ko’rinadi. Odam bolasining shaxsga aylanishi, o’z qadrini va o’zgalar qadrini anglash jarayoni uzoq 
yillar davom etadi. 
Umuman, odamzod naslining hozirgi avlodi uchinchi ming yillikni kutib olayotgan bugungi kunlarda butun dunyoda 
qadrlash falsafasining umuminsoniy mezonlarini amaliyotda qo’llashga ehtiyoj kuchaydi. Taassufki, inson zoti 
sayyoramizda yashagan ilk davridan boshlab qadr va qadriyatni ustuvor bilganida, Er yuzining zamonaviy manzarasi 
butunlay boshqacha tus olgan, kishilikni ekologik bo’hronlar, urush xavfi va ma’naviy tanazzul kabi umumbashariy 
muammolar kutib turmagan bo’larmidi? 
Bugungi kunga kelib, insoniyat yana tabiat va odamzod naslining uyg’unligini saqlab qolish uchun qadr va qadriyat 
nihoyatda zarur ekanligini angladi. XX asrning oxirgi va XXI asrning boshlanishidagi birinchi besh yilliklar BMT 
tomonidan «Inson huquqlari o’n yilligi» deya e’lon qilinganligi, kishilik jamiyati esa yangi ming yillikka umuminsoniy 
qadriyatlarni barqaror qilishga bel bog’lab o’tayotganligi bejiz emas. Hozirgi O’zbekistonda inson manfaatlari va haq-
huquqlarini ro’yobga chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini ustuvor qilish bilan bog’liq faoliyatlar butun 
jahonda bu boradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash harakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda. 


Yoshlar va qadrlash tamoyillari. 
Insonning butun umri shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o’z qadrini 
kamolga etkazish, o’zgalar, jamiyat, zamon va undagi sodir bo’layotgan o’zgarishlar qadrini anglashga intilish 
jarayonidan iboratdir. O’z shaxsi va boshqalar qadrini anglab etish uchun insonning kamoloti davomida shakllangan 
ma’naviy qiyofasi va dunyosi ezgulikka xizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi, uning o’zi esa hayotning 
mohiyati va maqsadini to’g’ri anglaydigan darajada tarbiyalangan bo’lmog’i lozim. Ushbu ma’noda, Suqrotning «O’z 
o’zingni angla!» — shiori g’oyat katta ahamiyat kasb etadi. 
Shaxsning qadri u yashayotgan zamon, undagi jarayonlar, ijtimoiy, tarixiy shart-sharoitlar bilan dialektik 
aloqadorlikda namoyon bo’ladi. Muhit va davr talablari shaxs qadrini shakllantirib, sayqallab boradi, uning o’zi esa o’z 
qadrining shaxsiy talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan naqadar aloqadorligini chuqurroq anglab olish tomon boradi. 
Qadriyatlar yoshlarga hayot mazmunini chuqurroq tushunish, jamiyat qonun-qoidalaridan to’g’ri foydalanish, 
o’zlarining xatti-harakatlarini ana shu ma’naviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Hozirgi davrda talaba 
va o’quvchilarga qadrlash va qadrsizlanish jarayonlarining mohiyatini anglatish, mustaqillik e’lon qilgan 
qadriyatlarning ahamiyatini to’g’ri tushuntirishga erishish nihoyatda dolzarb masaladir. 
Yoshlar, xususan talabalar va o’quvchilarni ma’naviy barkamol avlod vakillari sifatida tarbiyalash va 
shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg’usi, qadriyatlar kategoriyasi, ularning mohiyati, mazmuni, namoyon bo’lish 
shakllari to’g’risidagi bilimlarning majmuasi bo’lgan zamonaviy aksiologiya, ya’ni qadriyatshunoslikning asoslarini 
o’rgatish nihoyatda muhim. Ana shu sababdan ham umuminsoniyatning qadrlash me’yorlari borasida to’plagan 
yutuqlarini umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligining asosiy 
mezonlaridan biridir. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin