O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Xom-ashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Xom-ashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi. 
Jahon statistik axborot 
markazlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, XX asrning boshidan to hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan ko’mirning 
45%, temir rudasining 57%, neftning 76%, tabiiy gazning 80% keyingi 25 yilga to’g’ri kelar ekan. Ana shunday holatni 
xom-ashyoning boshqa turlari to’g’risida ham gapirish mumkin. Tahlillarga qaraganda, 90-yillarda ishlab chiqarilgan 
xom-ashyo miqdori 60-70-yillardagiga qaraganda 1,5-2 barobar ko’paygan. 
Er yuzida vujudga kelgan bunday holat, bir tomondan, insoniyatni xom-ashyo resurslari bilan ta’minlash 
imkoniyatlari, hosildor erlar va ichimlik suvi manbalarining kamayib borishi, shuningdek boshqa xom-ashyo 
zaxiralarining kamayib ketishi kabi boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. 
Vujudga kelgan ekologik vaziyat, tabiiy muhitning inson organizmiga va uning ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir 
etmasdan qolmaydi. Boshqa tomondan esa, fan-texnika taraqqiyotining ko’lami asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
darajasini xom-ashyo resurslari, foydali qazilmalari bilan etarli miqdorda ta’minlash muammosini ham nazardan soqit 
qilmaslik kerak. Mazkur muammoni ijobiy hal qilish uchun, iqtisodchilarning tahlillariga ko’ra, jahon mamlakatlarining har 
biri o’zi ishlab chiqargan yalpi milliy maxsulotning 3-5% miqdorida mablag’ ajratishi zarur. Demak, xar yili o’rta hisob bilan 
650-850 mlrd. dollar hajmida mablag’ ajratilishi talab etiladi. 
Juda ko’p rivojlangan mamlakatlarda ichimlik suvining tanqisligidan kiyinchiliklar yuzaga chiqmoqda. Ayni shu 
mamlakatlardan 42-45% km
3
hajmida sanoatdan chiqqan iflos oqava suvlar suv havzalari, ko’l, dengiz, okean suvlarini 
o’zining zaharli tarkibi bilan bulg’amoqda. XXI asr boshlariga kelib, toza ichimlik suvlariga bo’lgan extiyoj dunyo 
miqiyosida asrimizning 90-yillariga nisbatan yana 2,3-2,5 barobar oshdi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin