progressiya bo’yicha ko’payishini, uning xayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlarning ko’payishi arifmetik
progressiya bo’yicha ro’y berishini aytgan edi. Maltus bu jarayonning oldi olinmasa, yaqin kelajakda, planetar masshtabda,
tabiiy muhit berishi mumkin bo’lgan moddiy ne’matlar miqdori bilan juda tez sur’atlarda ko’payayotgan dunyo aholisi
ehtiyoji o’rtasida ziddiyat vujudga kelishini bashorat qilgan edi.
Darxaqiqat, bundan 6-8 ming yillar oldin er yuzida 5 mln. atrofida odamlar istiqomat qilishgan, deb taxmin qilinadi.
Bu ko’rsatkich eramizning boshlarida 230 mln., 1-ming yillikning oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy
zamonida 305 mln; 1500 yilda 440 mln; 1800 yilda 952 mln; 1900 yilda 1656 millionni tashkil etgan. XVI asr boshidan
XIX asr boshigacha, ya’ni uch asr mobaynida bu ko’rsatkich 174 foizga oshganligini; 1900 yildan to 1999 yilgacha esa
bu nisbat sal kam 4 barobar oshganligini kuzatamiz.
XX asrning ikkinchi yarmida er yuzi mintaqalarida aholining tabiiy ko’payish sur’atlari turlicha bo’lib, bu o’z
navbatida, Er yuzida mintaqalar, mamlakatlar, xalqlar salmog’ining keskin o’zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, 1800
yilda (Napoleon zamonida) Frantsiya aholisi 27 mln. kishini, Er yuzi aholisining 3 foizini tashkil etgan bo’lsa, Filippin
orollarida yashayotgan aholi 1,6 mln. kishi miqdorida bo’lib, planeta aholisining umumiy salmog’iga nisbatan 0,16
foizni tashkil etardi. 1999 yil 13 oktyabr kuni Er yuzi aholisi olti milliardlik dovoni bosib o’tdi. Frantsiya aholisi 56,2
mln. ni, Er yuzi aholisi salmog’ining 0,94 foizni, Filippin aholisi ham 65 mln. kishini tashkil etib, jahon aholisidagi
salmog’i (1,05%) bo’yicha Frantsiyadan o’zib ketdi. Bu borada milliarddan ko’p aholi yashaydigan Xitoy va shu
ko’rsatkich tomon borayotgan Hindiston alohida o’rin tutadi. Xullas, bu masala bir mamlkat doirasidan chiqib jahon
muammosiga aylandi. U bilan bog’liq muammolarni hal qilish uchun ham butun jahonda mushtarak faoliyat olib borish
zarur.
Dostları ilə paylaş: