Oziq-ovqat muammosi va biosfera.
Nihoyatda tez o’sib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash
muammosi keyingi paytlarda jahonning bir qancha mintaqalarida ancha keskinlashdi. Mavjud ma’lumotlarga asosan,
dunyo xalqlarining 2/3 qismi doim oziq-ovqat taqchilligi hukm surayotgan mamlakat xalqlari hissasiga to’g’ri
kelmoqda. Bu mintaqalarda ekiladigan er maydonlari aholi jon boshiga nisbatan kamayib, 0,2 ga. ni tashkil etmoqda.
Holbuki, 1950 yilda bu ko’rsatkich 0,5ga. ni tashkil etgan edi.
Oziq-ovqat zaxiralarining o’sishini, bir tomondan, ishlanadigan er maydonlarini kengaytirish hisobiga, ikkinchi
tomondan ekilayotgan maydonlarning hosildorligini oshirish hisobiga ta’minlash mumkin. Keyingi paytlarda
hosildorlikni ko’paytirish ustida juda ko’p ishlar qilinib, 80 — yillarning oxirlariga kelib dunyo miqyosida etishtirilgan
mahsulot o’sishining 90% hosildorlikni ko’tarish hisobiga to’g’ri keldi. Ammo, bizga ma’lumki, bunday
muvaffaqiyatlarga tabiatga haddan ziyod qilingan qattiq zug’um qilish natijasida erishiladi. Juda ko’p erlar bunday
taziyqqa dosh bera olmasdan ishdan chiqa boshladi. Bu erlarni tabiiy holatiga qaytarish uchun imkoniyat qolmadi.
Bunday tahlikali holatning sabablarini aholining tabiiy o’sishi nihoyatda tez suratlar bilan ko’paygani, ularning ish va
oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’lgan intilishi bilan tabiiy muhitning ekologik muvozanatini
saqlash uchun etarli mablag’ni topa olmayotganligidan izlash kerak.
Dostları ilə paylaş: