O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Tayanch tushunchalar 
Fan, ilmiy bilim, fanning vujudga kelishi, fan va falsafa, Markaziy Osiyo fani, fan va madaniyat, fan va iqtisodiyot, 
fanda an’ana va yangilanish, fan qadriyatlari, olim qadri, bilish usullari, empirik bilim, nazariy bilim, ijtimoiy-
gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, texnika fanlari, ilmiy-texnika inqilobi, ilmiy salohiyat, metodologiya. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Fan nima? 
2. Markaziy Osiyo olimlarining jahon fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida nimalarni bilasiz? 
3. Fan va falsafaning o’zaro bog’liqligini izohlang. 
4. O’zbekiston mustaqilligining fan taraqqiyotidagi ahamiyatini tushuntiring. 
5. Fan-texnika inqilobi nimalarda namoyon bo’ladi? 
6. Barkamol inson shaxsini shakllantirishda ilm-fan qanday ahamiyat kasb etadi? 
 
ADABIYoTLAR 
1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari. - T., «O’zbekiston», 1997. 
2. Karimov I.A. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T., «O’zbekiston», 1997. 
3. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T., «O’zbekiston», 1999. 
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T., «O’zbekiston», 2000. 
5. Osnovi filosofii — T., «O’zbekiston». 1998. 
6. Falsafa. — T., «Sharq», 1999. 


8-mavzu. Global muammolar falsafasi. 
O’zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash 
 
Reja: 
1. Insoniyat istiqbolini belgilovchi omillar va ilmiy bashorat qilish usullari. 
2. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi davri va umumbashariy muammolar. 
3. Jahon XXI asrda: kelajak va inson taqdiri. 
4. O’zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash yo’llari. 
Odamzod nasli XX asrning ikkinchi yarmida shunday muammolar domiga tortildi-ki, endilikda ularning 
iskanjasidan qutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asrning birinchi 
yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umubashariy muammo — yadro halokatining oldini olish ko’ndalang 
bo’lib turgan bo’lsa, II jahon urushidan keyin ahvol o’zgardi. Aholi tabiiy o’sishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, 
fan va texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yo’lida foydlanishga ro’ju qilinishi va bir qator mintaqalarda murakkab 
ekologik vaziyatning vujutga kelishi masalani chigallashtirib yubordi. Oqibatda insoniyatning kelajagi to’g’risida turli 
tipdagi bashoratlar kelib chiqdi. Ana shunday sharoitda har bir aql zakovatli odam «Bunday yo’lda qanday muammolar, 
qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini etarli darajada aniq tasavvur qilmayapmizmi?» — degan 
savolni o’z oldiga ko’ndalang qo’yishi va unga javob topishi zarur bo’lib qoldi. Bu savollarni butun jahon xalqlarining 
ishtirokisiz xal etib bo’lmaydi. 
Tabiatga kishilarning zug’umi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash 
tarzi, sog’lig’i, ijtimoiy muhitga bo’lgan aks ta’siri tobora halokatli tus ola boshladi. Insoniyat bunday tahlikali holatdan 
faqatgina, har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa manfaatlarini keyinga surib, mushtarak 
umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashish, zudlik bilan ta’sirli choralar qo’llash orqaligina qutulishi mumkin. 
«Butun dunyo yagona va o’zaro bog’liqdir. Bizning mushtarak burchimiz er yuzini bolalarimiz va nabiralarimizga obod 
va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir»
22

Hozirgi paytda insoniyatga xafv solib turgan umumbashariy muammolar deganda butun dunyo, barcha davlatlar va 
xalqlarning ishtirokisiz echish mumkin bo’lmagan muammolarga aytiladi. 
Bunday muammolar quyidagilardir: 
- termoyadro urushi xavfining oldini olish va qurollanishni bartarf etish; 
- jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning o’sishi uchun qulay shart-sharoit yaratish; 
- iqtisodiy qoloqlikni tugatish; er yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish; 
- tabiiy boyliklardan oqilona va kompleks yondashgan holda foydalanish; 

insoniyatning baxt-saodati yo’lida fan-texnika yutuqlaridan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni yanada 
faollashtirish; (eng xavfli kasalliklarga qarshi kurash, kosmosni o’zlashtirish; 
- dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumliroq foydalanish; ozon qatlamining yo’qolish xavfining oldini 
olish va h.k.); 
- insoniyat va uning kelajagi to’g’risidagi o’zaro hamkorlikda jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining 
tobora tez sur’atlari bilan o’zgarayotgan sun’iy va tabiiy muhitga moslashish jarayonini ilmiy tahlil qilish. 
Insoniyat oldida ana shu xildagi muammolarning ko’ndalang turib qolishining o’ziyoq kishilik tsivilizatsiyasi o’ta 
murakkab, o’ta qaltis bir jarayonni boshidan kechirayotganligidan darak beradi. Umumbashariy muammolarning ba’zi 
bir guruhlari mavjudki, ularni hal qilishning o’zidayoq butun planetamizdagi ijtimoiy hayotning keyingi ming yillikdagi 
aniq manzarasini chizib berish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday muammolar shartli ravishda 
uch guruhga ajratiladi: 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin