5. Payt holining ifoda
usullari, materiallarini tavsifiang.
6. Sabab holi va uning ifodalanish usullarini tushuntirib bering.
7. Miqdor-daraja holining ifodalanish usullarini misollar bilan
izohlang.
8. To'siqsizlik holi va uning ifoda materiallari haqida ma’lumot
bering.
9. Shart holi va uning ifoda usullarini tavsifiang.
10. Maqsad holining ifodalanish usullarini misollar bilan
izohlang.
11. 0 ‘rin holi va uning ifoda usullarini tavsifiang.
12. Turk tilidagi hoJlarning tuzilishiga ko‘ra
turlarini misollar
bilan izohlang.
13. Tarkibli hoi va uning ifodalanish usullarini tavsifiang..
14. Murakkab hoi turlariga misollar keltiring.
2.4.GAP. GAP TURLARI
Mavzuning o‘quv maqsadi: turk tilidagi gap (ciimle), gapning
asosiy belgilari haqida ma’lumot berish, gapning tuzilishiga ko‘ra
turlari, gapning emotsionallikka к о 'ra turlari, gapning ifoda maq
sadiga ko‘ra turlari, gapning modallikka ko'ra turlar, gap boiakiari
ishtirokiga ko‘ra gap turlari haqida tushuncha hosil qilish.
Tayanch so‘z va iboralar :
gap (cimle), gapning asosiy belg
ilari (ciimlenin dzellikleri), modallik, preelrkativlik, hukm, gap tasnifi,
gapning tuzilishiga ко ‘ra turlari, gapning emotsionallikka ко ‘ra
turlari, gapning ifoda maqsadiga ко ‘ra turlari, gapning modallikka
ко ‘ra turlar, gap bo 'laklari ishtirokiga ко ‘ra gap turlari.
Fikr
ifodalash, munosabat bildirishning asosiy vositasi gap
hisoblanadi. Gap nisbiy hukm bildiradi. Gapning asosiy belgilari
- unda nisbiy fikr tugalligi va predikativlikning mavjud bo'lishi.
grammatik jihatdan ma’lum qonun va
qoidalar asosida shakllanishi,
tashqi tomondan o'ziga xos tugallangan ohangga ega boiishi shart.
Har bir gapda ma’lum fikr maqsad yoki his-hayajon ifodalanadi, aks
holda u so'z birikmasi bo'lib qoladi. Bu maqsad yoki his-hayajon
sodda yoxud qo'shma shaklda ifodalanishi ham mumkin.
229
Gapning asosiybelgilaridanyanabiripredikativlikdir.Predikativ-
lik — gap mazmunining borliqqa munosabatini ifodalashdir. Gap orqali
so‘zlovchi biror voqea, hodisa yoki xususiyatning mavjudligi yoki bi
ror zamonda ro‘y berishi,
realligi yoki norealligi, xohishi yoki noro-
ziligi kabi munosabatni ham ifodalaydi. Bu munosabat, ya'ni predika-
tivlik modallik va zamon, shaxs kategoriyalari orqali ro‘yobga chiqa-
di. Bu kategoriyalar turli morfologik, sintaktik,
intonasion va boshqa
у о ‘ liar bilan ifodalanad i.
Turk tilidagi gaplarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1.Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari: 1. Sodda gap. 2. Qo‘shma
gap-
2. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari:
1. Darak gaplar;
2. So‘voq gaplar;
3. Buyruq gaplar.
3. Gapning emotsionallikka ko‘ra turlari:
1. His-hayajonli gaplar;
2. His-hayajonsiz gaplar.
4. Gapning modallikka ko‘ra turlari:
1. Tasdiq gaplar;
2. Inkor gaplar.
5. Gapning gap boiaklari ishtirokiga ko‘ra turlari:
5.1. Gapning bosh boiaklari ishtirokiga ko‘ra turlari:
1. Bir bosh boiakli gaplar;
2. Ikki bosh boiakli gaplar.
5.2. Gapning ikkinchi darajali boiaklari ishtirokigako‘ra turlari:
1. Y igiq gap;
2. Yoyiq gap.
5.3. Gapning zarur gap boiaklari ishtirokiga ko'ra turlari:
1.Toiiqgap;
2. Toiiqsiz gap.
5.4. Gapning gap boiaklari tartibiga ko‘ra turlari:
1. To‘gi-i gap;
2. Ters gap.
230