Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə413/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ключевые слова и выражения: 
узбекская литература, история и 
интерпретация, поэт, лирика, дух времени,
творчество, духовность, дух, 
жанр, газель.

Annotation. 
The article is devoted to the disclosure of the place and 
significance of Fitrat’s creative heritage in the Uzbek literature. 
Key words and expressions: 
Uzbek literature, history and interpretation, 
poet, lyric, spirit of the time, creativity, psychology, genre, ghazal. 


 
O’zbek adabiyotshunosligida ijodkor badiiy tafakkurining poetik obrazlarda 
namoyon bo’lish usullari, an’ana va yangilanish jarayonining o’ziga xosligi 
masalalari dolzarb muammolardan biri sifatida tadqiq etib kelinmoqda. SHunday 
ijodkorlar borki, ular badiiy ijoddagi dastlabki qadamlaridanoq adabiyotga 
yangicha ruh olib kiradi. Poetik shaklda hamda poetik obrazda ular amalga 
oshirgan yangilanish individual ijodiy kashfiyotlar darajasidan o’sib, o’zi mansub 
bo’lgan millat adabiyotida yangi yuksalish bosqichini boshlab beradi. XX asr 
o’zbek va fors adabiyotining etuk bilimdoni, atoqli adib Abdurauf Fitrat ana 
shunday iste’dod sohiblaridan biri hisoblanadi.
Fitrat ijodiy merosini o’zbek adabiyotshunosligi kontekstida o’rganish 
fitratshunoslikning jahondagi nazariy tendensiyalar bilan mushtarak tushunish 
uchun muhimdir. Chunki bu davrga kelib, o’zbek adabiyotshunosligi jahon 
standartlariga yaqinlashdi, Fitrat va unga zamondosh milliy uyg’onish davri o’zbek 
adabiyoti vakillari ijodini qayta baholash tamoyillarini namoyon eta boshladi. 
Mustaqillik davri jadidshunosligi ayni shu sabablarga ko’ra yangilanishi, qayta 
baholash, talqin va tadqiq etishning ilmiy prinsiplarini o’rtaga tashlashi zaruratga 
aylandi. Bunda, birinchidan, jadidchilik adabiyoti o’sha davrda jahoniy miqyosda 
ro’y bergan ijtimoiy, madaniy, adabiy-estetik yangilanishlarning sharq dunyosidagi 
bir ko’rinishi sifatida Turkiston xalqlarining o’zlari uchun ham ochilmagan qo’riq 
edi. Asr boshidagi an’anaviy estetik tafakkur bu hodisani to’la va atroflicha anglab 
etishi, baholashi uchun vaqt kerak edi. Ztgan asrning yigirmanchi yillar o’rtalariga 
qadar muayyan baho va talqinlarni o’rtaga tashlagan o’zbek jadidshunosligi mana 
shu yo’ldagi ilk urinishlar bo’lib, sovet tuzumining mustahkamlanishi sabab o’z 
takomil bosqichini yashashga ulgurmadi. Ikkinchidan, sobiq sovetlar davrida jadid 
adabiyoti mafkuraviy muxolifat tarzida ta’qibga uchradi. Uni to’g’ri baholash u 
yoqda tursin, jadid adabiyoti vakillari hamda ular yozgan asarlarga nisbatan “tirnoq 
ostida kir qidirish” tamoyili bilan yondashish urfga kiritildi. Oqibatda sovetlarning 
soxta internasionalizmga asoslangan ijtimoiy va adabiy siyosati bu harakatni 
“millatchilik harakati”, adabiyotini esa “millatchilikni targ’ib etuvchi adabiyot” 


893 
deb baholadi. O’z taraqqiyoti uchun zararli, hatto xavfli hodisa sifatida jamiyat 
madaniy-ijtimoiy hayotidan zo’rlik bilan siqib chiqardi. Uchinchidan, sovet 
mafkurasidan 
tashqarida 
mustaqil 
kapitalistik 
sistema 
ostida 
turmush 
kechirayotgan xorij siyosatshunosligi va adabiyotshunosligi o’z raqibining 
muxolifi sifatida jidid adabiyoti vakillari ijodini o’rganish, targ’ib etish yo’lidan 
bordi. Vakillari biografiyasi, ijtimoiy faoliyati haqida kitoblar, maqolalar e’lon 
qildi, asarlarini nashr ettirdi. Ammo bu joyda ham xolis va to’g’ri baholash, talqin 
etish uchun shart-sharoit ko’ngildagidek emas edi. Sababi shuki, xorij 
jadidshunoslari o’zbek jadidlari etishib chiqqan mahalliy, milliy shart-sharoitni 
etarli darajada bilmas, o’rganish uchun imkoniyat ham yo’q edi. SHu bilan 
birgalikda Amerika, Germaniya, Fransiya, YAponiya, Turkiyada maydonga kelgan 
tadqiqotlarning aksariyati o’z mamlakati mafkurasi va tashqi siyosatini ifodalashga 
moyil edi.
Yuqorida sanab o’tilgan qator omillarga asosan mustaqillik davriga kelib 
jadid adabiyoti va bu adabiyot markazida turgan shaxslardan biri Fitrat shaxsiyati 
hamda ijodini qayta baholash ehtiyoji paydo bo’ldi. Adabiyotshunos Begali 
Qosimov to’g’ri qayd etgaganidek: “Turkiston jadidchiligining markazi va haqli 
vorisi, shubhasiz, O’zbekistondir; uni o’rganib baholashdan qay darajada istifoda 
etishgacha bo’lgan burch va mas’uliyat, birinchi navbatda, bizning 
zimmamizdadir”.[1.169] 
O’zbek adabiyotshunosligida qayta baholash muammosining zarurati 
mustaqillikning ilk yillarida, tasodifan paydo bo’lgan emas, albatta. Bu xulosaga 
bosqichma-bosqich, manbalarni qayta o’rganish, adabiy shaxsiyatlar biografiyasiga 
yangicha nazar solish natijasida paydo bo’ldi. Bunday muhim va zaruriy 
konsepsiya maqolalardan maqolalarga, kitoblarda kitoblarga tomon qat’iylashib, 
takomillashib bordi. Adabiyotshunos A.Rasulov qayd etganidek, “Mustaqillik 
yillarida kishilarimizning mushohadakorlik, talqin qila bilish uquvi beqiyos 
darajada o’sdi... Milliy mafkura, istiqlol g’oyasining ilm-fan, xususan, o’zbek 
adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga singib borishi badiiy asarlar – adabiy 
matnning mukammal, ilmiy tahlil va talqinida namoyon bo’ldi”[2.4] Professor Q. 
Yo’ldoshev o’z kuzatuvlari asosida: “Asr boshidan buyon “ko’rsatib berish”, “fosh 
etish”, “aniqlab olish” bilan shug’ullanib kelgan milliy adabiyotshunoslik asr 
adog’iga etganda tadqiq va talqinga mayl ko’rsatmoqda... XX asr o’zbek adabiyoti 
tarixini yangilanayotgan badiiy tafakkur talablari asosida qayta idrok etilib, bu 
davrda yaratilgan asrlarning asl mohiyatini ochishga harakat qilinmoqda”, degan 
fikrni ilgari suradi.[3.49] Adabiyotshunos U.Hamdamovning: “Asr boshida 
jadidlar adabiyotining ideali, avvalo, yurt ozdligi va millatning tiklanishi bilan 
bog’liq qator masalalar bo’lgan esa, sho’ro davrida adabiyot ideali ko’p jihatdan 


894 
hukmron mafkuraning soyasida qolib ketdi”, [4.6] degan xulosasi esa yanada 
aniqroq, yanada qat’iyroq mohiyatni ifodalaydi.
Ayni paytda adabiyotshunosligimizda adabiy shaxsiyat va adabiy-ilmiy 
manbalarni qayta baholashning mustaqillik mafkurasiga mos nazariy-ilmiy 
kriteriylari ham maydonga kelmoqda. SHuning uchun dastlab shular va 
o’zimizning ba’zi kuzatishlarimiz asosida jadid adabiyotini qayta baholash 
kriteriylari haqida ma’lum to’xtamlarga kelib olish zarur bo’ladi. Uzoq yillar 
mobaynida jadid adabiyoti vakillari va ijodi xususida tadqiqot olib borgan 
adabiyotshunos B.Qosimov qayta baholashning ikkita muhim mezonini ko’rsatgan: 
birichisi, istiqlolgacha sinfiy mezonlarga ko’ra baholangan jadid adabiyotini 
istiqloldan keyin milliylik mezonlariga ko’ra o’rganish maqsadga muvofiqdir: 
“Istiqlol tarixga ham, adabiyotga ham tamomila boshqacha yondashishni shart 
qilib qo’ydi. Bir so’z bilan aytganda, u sinfiy yondashishni rad etib, milliy 
yondashishni 
kun 
tartibiga 
qo’ydi”[5.171]. 
Ikkinchisi, 
“An’anaviy 
tushunchalarning zamonning zayli bilan yangicha talqin kasb etishi”. Bu o’rinda 
olim “an’analar” tushunchasi talqinida diniy va milliy qadriyatlarimizni nazarda 
tutadi. Tahlil jarayonida olim Qur’on Karim suralarida ilm 751 o’rinda tilga 
olinganligiga urg’u beradi. Shundan kelib chiqib milliy uyg’onish davri adabiyotini 
o’rganishda mana shu mezonga diqqat qaratish lozimligini o’zbek xalqi istibdod 
ostida bo’lgan yillarga oid dalillar bilan izohlaydi.
Adabiyotshunos B.Karimov ayni masala talqiniga yanada kengroq 
yondashadi: “Avvaliga Cho’lpon va Fitrat adabiy merosidagi, ular 
dunyoqarashidagi sho’rolar siyosatiga mos jihatlarga ataylab urg’u berilgan bo’lsa, 
istiqloldan keyin bu adabiy siymolarning xalqning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini 
yuksaltirish uchun yozgan asarlariga e’tibor kuchaydi. Eng muhimi, har bir olim 
muayyan ilmiy muammoni o’zining adabiy-estetik didi hamda o’ziga xos 
yondashuvi asosida tutuntirdi. Masalan Fitratning ma’naviy-e’tiqodiy qarashlarida 
islomiy, turkchilik va dahriyona tushunchalari, “Shaytonning Tangriga isyoni” 
she’riy dramasi bahs-munozara mavzusi ham bo’ldi, turlicha talqinlar 
yozildi”[6.135]. Abdurauf Fitrat ijodini baholashda uning shaxsiyatidagi 
islomchilik, turkchilik, dahriyona qarashlarning e’tiborga olinishini qayta 
baholashdagi muayyan mezonlar sifatida ko’rsatadi. Albatta, bu jihatlar istiqlol 
davri fitratshunosligida yaqqol ko’rinadi. Sosiologik yondashuvdan chekinilib, 
milliy-ma’naviy, adabiy estetik talqinning kuchayganini aniq namoyon etadi. 
Fitrat ijodidagi poetik tafakkurning yangilanish tamoyillarini milliy 
istiqlol konsepsiyasi nuqtai nazaridan o’rganilishi haqida gap ketganda, avvalo, 
mustaqillik davri jadidshunosligi yo’nalishining etakchisi professor B.Qosimov 
talqin va tadqiqotlariga diqqat qaratish lozim bo’ladi. Olim o’zining “Izlay-izlay 
topganim...” nomli monografiyasida, “Abdurauf Fitrat xalq farzandi”, “Fitrat 


895 
(chizgilar)”, “Fitrat”, “O’zi yonib yo’l yoritganlar”, “Sening uchun tirildim, 
Ona!..” deb nomlanuvchi qator ilmiy maqolalarida, “Maslakdoshlar: Behbudiy. 
Ajziy. Fitrat” nomli risolasida, shuningdek, jadid adabiyotiga oid bir qator 
tadqiqotlarida Fitrat she’riyati haqida salmoqli fikrlarni ilgari surgan.[7.15-16] 
Ammo qiyosiy o’rganishlarimiz shuni ko’rsatdiki, olimning “Milliy uyg’onish: 
jasorat, ma’rifat, fidoyilik” nomli monografik kitobidan joy olgan “Abdurauf 
Fitrat” sarlavhali tadqiqotida bularning hammasi umumlashgan va kompleks 
o’rganilgan. Shuning uchun quyida ushbu tadqiqot asosida fikr yuritamiz.
Fitratning “Hurriyat” gazetasining 1917 yil, 28 iyulь sonida e’lon qilingan: 
“Ey, ulug’ Turon, arslonlar o’lkasi! Senga ne bo’ldi? Dunyoni “urho”lari bilan 
titratgan yo’lbars yurakli bolalaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydur?.. 
Nechun chekindilar? Nechun ketdilar? Kurash maydonlarin o’zgalarga nechun 
qo’ydilar?” deb boshlanuvchi nasriy she’rini quyidagicha baholaydi: “Darhaqiqat, 
1917 yil Fitrat uchun quvonch va alamga to’la yil bo’ldi. Oq podshoning qulashi 
unga tobe’ Buxoro va Turkistonda ham erkinlik, mustaqillik tomon yo’l ochgandek 
edi. Biroq, ma’lum bo’ldiki, uni qo’lga olish, egallash kerak ekan. So’ng esa 
ushlub turish. Buning uchun farzandlar kerak. O’zligini anglagan, esli, hushli va 
fidoyi”. [8.353] 
Anglashiladiki, olim Fitratning ushbu sochma satrlarini sof sosiologik 
metodda tadqiq etmoqda. Sochmadagi har bitta g’oyani ijtimoiy turmush voqeligi 
bilan bog’lab tahlil qilmoqda. Oq podsho – Nikolay II ning taxtdan ag’darilishi 
mustamlakachi chor Rossiyasida fevralь inqilobi voqealari bilan sodir bo’lgan 
yirik ijtimoiy-siyosiy voqea edi. Kerenskiy boshchiligidagi muvaqqat hukumat 
hokimyatni egallaganiga besh oy o’tgan. Turkiston kabi Rossiya mustamlakalarida 
ham fikriy va ijtimoiy uyg’onishga turtki bergan payt. Mustamlaka millatlarning 
faol ziyolilari harakaptga tushgan. O’z erkini qaytarib olish yo’lidagi izlanishlar. 
Fitratning ushbu asari mana shunday nozik siyosiy vaziyatni ifoda etadi. O’z 
xalqini uyg’onish, kurashga chorlashga qaratilgan. Begali Qosimov bularning 
barchasini bir jumlada siqiq va aniq ifodalaydi: “1917 yil Fitrat uchun quvonch va 
alamga to’la yil bo’ldi...” Mana shu jumla orqali o’quvchini tadqiqotning 
boshrog’ida keltirgan mana bu voqeaga yo’naltiradi: “1917 yil fevral inqilobidan 
so’ng Buxoro jadidlarinig so’l qanoti – yoshlar tashabbusi bilan yangi markaz 
tuzildi. “Yosh buxoroliklar” inqilobiy partiyasi tashkil topdi. Uning markaziy 
Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin