Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Solsa har nomard ko’ngliga muhabbat nash’asini



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə416/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   431
Anjuman Boku (6)

Solsa har nomard ko’ngliga muhabbat nash’asini,
 
Vahki, Haq asroriga maknun kerakmazmi senga.
 
Oshiqlikda vujudni nazarga ilmaslik mumkindir. Jondan nega bunchalik oson 
kechmoq kerak? Chunki jon ham tan singari insonning moddiy borlig’i. Jonini 
sevganlar moddiyotga tutqun, ya’ni dunyoga tobe bo’lganlardir. Jonga, demakki, 
moddaga bog’lanib qolganlar ilohiy ishq zavq-shavqidan benasibdirlar. Ishq 
93
Ҳайитметов А. Жаҳонотин Увайсий лирикаси. Шарқ юлдузи. 1982, № 12, 161–бет
94
Зоҳидов В. Ўзбек адабиёти тарихидан. - Тошкент: Ўзадабийнашр, 1961 - Б. 194-195. 


900 
jondamas, balki oshiqning ko’nglida aks etadi. Shu bois, ko’ngil oynasi butun 
bo’lishi, 
pokiza 
saqlanishi 
shart. 
Bu 
haqiqat 
Fuzuliy 
tomonidan 
juda go’zal aks ettirilgan: 
Ko’nglim ochilur zulfi parishoningni ko’rgach,
 
Nutqum tutilur g’unchai xandoningni ko’rgach.
95 
Ishqdan 
davo 
topgan 
oshiq ko’ngil tozaradi. Bu shaffoflikdan 
ko’ngilning shod bo’lishini, dilda g’am qolmaganini Fuzuliy g’azaliga 
mos 
ravishda 
Uvaysiy 
ifoda 
etadiki, 
bu 
shoiraning 
mumtoz 
an’analarini davom ettirishdagi go’zal harakatlarining namunasidir: 
Shod o’ldi ko’ngul ruk’ada ash’oringni ko’rgach,
 
Hech qolmadi g’am mazmuni guftoringni ko’rgach
 
Oshiqning 
asl 
maqsadi, 
yashash 
mazmuni, 
tortayotgan 
riyozatlar 
natijasi yor vasliga etishmoq, uning ruxsorini ko’rmoq bo’lgandan 
keyin, ko’ngil ham o’sha maqsad sari intiladi. Yor guftorini ko’rgan oshiqda g’am 
mazmuni qolmasligi tabiiy. Shu o’rinda Fuzuliy «Ko’nglim ochilur» desa, Uvaysiy 
bu baytga nisbatan «Shod o’ldi ko’ngil», - deya tasdiq ifodasini yaratadi. 
Tasavvufda faqrlik darajasiga etgan komil insongina ko’nglini shod eta oladi. 
Chunki Haqqa etishmoq orzusidagi faqr tortilajak barcha riyozatlarni xush deb 
biladi, 
unda 
malolat 
tuyg’usi 
bo’lmaydi. 
Biroq, 
faqrlik 
darajasiga etish ham kishilar o’ylaganchalik oson ish emas. Qachonki 
komillikka 
intiluvchi 
shaxs 
ishqiy 
ofatlardan, 
yorning 
sitamlari-yu, 
cheksiz 
sinovlaridan 
engilmasdan 
o’tsagina, 
faqrlik 
maqomiga 
erishadi. Bunga erishish uchun esa ko’ngil atalmish asos kerak. Shu 
asosga tayanib, mazkur maqomga etish mumkin. Shuning uchun ham 
mumtoz 
she’riyatimizda 
ko’ngil 
poetik 
obraz 
sifatida 
eng 
ko’p 
qo’llaniladi. Jumladan, Fuzuliy va Uvaysiy she’riyatida ham ko’p 
uchraydigan an’anaviy poetik obraz ko’ngil bo’lib, ular mazmun, ohang 
jihatdan bir-birlariga g’oyat yaqindir. Uvaysiy g’azallarida Fuzuliy til uslubi 
mavjudligi ham shoiraning o’zidan avvalgi g’azalnavislar ijodiga hurmatini 
ko’rsatadi. Sharq adabiyoti uchun Fuzuliy ijodi katta mahorat maktabi 
bo’lganligining yana bir isboti sifatida Uvaysiy g’azallariga murojaat qilish kifoya: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin