901
shoira sifatida Ishqning mohiyatini chuqur anglab etgan, ko’ngilning
istagini farqlay bilgan iste’dod sohibasidir. Uning ko’ngil
obrazini yaratishda
Fuzuliy ohangidan tashqari ayollik nafasi isezilguvchi she’rlari mavjud. Masalan,
Fuzuliy:
Ey go’ngil, yori ista, jondan kech,
Sari kuyin kuzat, jahondan kech,
96
- deya ochiq-oydin ko’ngilga buyruq ohangida murojaat etadi. «Jondan kechib,
yor ista», - deganda ko’ngil mulkida jon birlamchi emasligini, aksincha, jon - bu yor
vasli yo’lidagi to’siqligini ta’kidlasa, Uvaysiy:
Ko’ngul uyida chu ehrom ayla, aylanayin,
Taraxxum ila shirin kom ayla, aylanayin.
97
- deb, faqat ayollargagina xos bo’lgan «aylanayin»
iborasi bilan
xuddi
shu
fikrning
takrorini
ifodalaydi.
Ko’ngil
uyida
ehrom
aylash
ham
oshiqlik
sifatlaridan bo’lib, uni shoira xalqona,
oddiy
tilda ifoda etadi. So’zidagi oddiylik ham,
ayollarga xos nazokat, shoira faqat
salaflarga ergashib, ustozlari ta’sirida qalam tebratish
bilan kifoyalanib qolmagan,
balki an’ana doirasida yangilik qilishga, Sharq adabiyotida keng ishlangan timsolu
tashbihlarning yangi-yangi qirralarini topishga, o’ziga xos favqulodda o’xshatishlar,
badiiy san’atlar qo’llashga harakat qilgan. Agar uning she’rlari buyuk so’z
ustalariga shunchaki taqliddan, an’anaviy timsolu tashbihlarni takrorlashdan,
qofiya-yu radifbozlikdan iborat bo’lganida xalq o’rtasida
bunchalik shuhrat
qozonmagan, g’azallari hofizlar tiliga tushmagan, o’zidan
keyingi shoiralarga
kuchli ta’sir o’tkazmagan bo’lar edi. Ko’ngilning vazifasi ilohiy ma’rifat hosil
qilish va olamni ko’rish vositasi bo’lishdir. Dunyo muhabbati, uning g’uborlaridan
poklangan ko’ngilda Alloh jamoli aks etadi. Uvaysiy she’riyatining poetik
timsollari orasida eng ko’p uchraydigani inson qalbi, ko’ngilga bog’liq.
Uvaysiyning
Fuzuliy
g’azaliga
bog’lagan
muxammasida
ko’ngil
obrazi ham shaklan, ham mazmunan bir-biriga mos tushganligi ko’zga
tashlanadi:
Avvalo ishqu muhabbatdin malomatdir ko’ngul,
Oxiri hijron-qilich ichra shahodatdir ko’ngul,
YOnmagil jonon hayolidin zalolatdir ko’ngul,
Dostları ilə paylaş: