Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Fuzuliyning ijodkorlar tomonidan o’qilgan (audio tarzidagi) she’rlari



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə411/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   431
Anjuman Boku (6)

Fuzuliyning ijodkorlar tomonidan o’qilgan (audio tarzidagi) she’rlari 
• Hadiqat-us Suado — o’qigan: Anvar Valiyev 
• Shabi hijron yonar jonim — o’qigan: Elshan Rustamov 
• Ey hakim — o’qigan: Shohrux Naxoiy 
Fuzuliyning she’rlariga yozilgan musiqay asarlar 
Operalar 
Layli va Majnun — musiqa: Uzeyir Hojibeyov 
Musiqa poemalari 
• Fuzuliy vokal-simfonik poema (1993) — musiqa:
• „Shabi-hijron“ lirik poema — xor va katta simfonik orkestr uchun — 
musiqa: Mammad Quliyev 
Romanslar 
• Shavkat Alakbarova — Fuzuliy kantatasi (Mani jondan o’sondirdi) — muv 
• Gulog’a Mammadov — Vatanimdir — musiqa: Sulaymon Alaskarov 
• Ramil Qosimov — Suvlar oynasi — musiqa: Rashid Shafaq 
• Ramil Qosimov — Yod ay uchun)- musiqa: O’qtay Zulfiqorov 
Tasniflar, maqomlar 
• Abulfat Aliyev — Tasnif Mani jondan o’sondirdi 
• Alibobo Mammadov — Muxolif tasnifi Shabi hijron 
• Guliston Aliyeva — Tasnif Ey kamon-abru shahidi navoki mujgoningman 
• Hayrat, ey bud 
• Bulbul — Fuzuliy tasniflari 
Filmografiya 
1. Muhammad Fuzuliy (film, 1958) 


886 
2. Layli va Majnun (film, 1961) 
3. Muhammad Fuzuliy (film, 1989) 
4. Shabi hijron (film, 1993) 
5. Suhbat-ul asmor (film, 1994) 
Fuzuliy nomining abadiylashtirish uchun 1994-yilda Ozarbayjon shoiri va 
mutafakkiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 500 yillik yubileyi munosabati bilan 
davlat komissiyasi tuzilgan. 1996-yil 13-sentyabr dohiy Ozarbayjon shoiri va 
mutafakkiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 300 yillik yubileyi munosabati bilan 
„Fuzuliy entsiklopediyasi“ning tayyorlanishi va nashr etilishini ta’minlash 
maqsadida „Fuzuliy entsiklopediyasi redaksiyasi“ tuzilishi haqida qaror qabul 
qilindi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti 1996-yil 13-sentyabrda "Fuzuliy 
nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etilishi haqida Buyruq imzolandi. 
Shuningdek, Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi davlat o’zbek tili va 
adabiyoti universitetida M.Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va 
tadqiqotlar markazi ochildi. 2019-yil 30-oktyabrda universitetda o’tkazilgan 
„O’zbek tili taraqqiyoti, turkologiya va xalqaro hamkorlik masalalari“ nomli 
xalqaro konferensiya doirasida Ozarbayjonning dohiy shoiri Muhammad Fuzuliy 
nomini olgan Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va tadqiqotlar markazining ochilish 
marosimi bo’lib o’tdi. 
O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat 
markazining loyihasi asosida yaratilgan Ozarbayjon bo’limida maxsus tartibot va 
dizayn ishlari amalga oshirilib, Ozarbayjon tili, adabiyoti, madaniyatining targ’ibi 
maqsadi bilan o’lkamizga tegishli nashrlar, ko’rgazmali vositalar sovg’a qilindi. 
Markazda xalqlar orasidagi do’stlik, madaniy-adabiy aloqalarga doir burchaklar
shuningdek, davlat atributlarimiz va milliy madaniyatimizga tegishli xususiy 
stendlar yaratilgan, Ozarbayjon adabiyotining taniqli namoyandalari portretlari, 
xususan, dohiy Fuzuliyning hayoti va ijodi, asarlari, asarlaridan miniaturalar 
joylashtirilgan. 
Markazning asosiy faoliyati Ozarbayjon tili va adabiyotining o’rganilishi va 
targ’ibidir. Markazda ozarbayjon olimlar, shoirlar, yozuvchilar, mutaxassislarning 
ishtirokidagi uchrashuvlar, ma’ruzalar, yubileylar, ochiq darslar, ko’rgazma va 
seminarlar tashkil etiladi, ochilgan kutubxona doimiy ravishda Ozarbayjonga 
tegishli yangi nashrlar bilan ta’minlanadi. Markaz vositasi bilan Universitet 
o’qituvchi va talabalari Ozarbayjon bilan, uning qadimiy tarixi, boy madaniyati
adabiyoti bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo’ladi va markaz tadqiqotchilar, 
tarjimonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 
Yakunda O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat 
markazi direktori Samir Abbosov yangi ochilgan Muhammad Fuzuliy nomini 
olgan Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va tadqiqotlar markaziga milliy 
madaniyatimizni o’zida aks ettiruvchi Ozarbayjon gilami va milliy suvenir taqdim 
etdi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, shoir nomini abadiylashtirish maqsadida 
shahar-tumanlarga uning nomi berilgani ham adabiyotga bo’lgan mehr-
muhabbatning namunasidir. Xususan: 1959-yil aprel oyida buyuk ozarbayjon 


887 
shoiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 400 yilligi sharafiga Karyagin tumani 
Fuzuli tumani deb qayta nomlandi.
Fuzuli tumani — Ozarbayjon Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birlik. 
1993-yildan beri hududning bir qismi arman qurolli kuchlari tomonidan bosib 
olingan. Fuzuli Qorabog’ tog’ tizmalarining pasttekisliklari va pasttekisliklarini 
janubi-sharqiy etaklaridan Araz daryosigacha. Ozarbayjonning Jabrayil, Xojavand, 
Agjabadi, Beyl’qan tumanlari va Araz daryosi bo’ylab Eron bilan chegaradosh. 
Fuzuli tumanining maydoni 1386 km2, aholisi esa 105,000 kishini tashkil etadi. 
Tumanda 1 ta shahar, 1 ta shaharcha, 75 ta qishloq va boshqa aholi punktlari 
mavjud. Mintaqada Armaniston qurolli kuchlaridan ozod qilingan 13 aholi punkti 
va 20 qishloq mavjud. Ozod qilingan hududda o’n ikkita aholi punkti yangidan 
qurilib, u yerda vaqtincha ko’chmanchi oilalar joylashtirildi. Hozirgi kunda ushbu 
hududda 51 mingta nogironlar istiqomat qilishgan. Fuzuli tumanining markazi va 
boshqa qishloqlari arman qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan. 
Shu bilan birgalikda Muhammad Fuzuliyning haykali Ozarbayjon poytaxti 
Bokudagi markaziy parkda Ozarbayjon Davlat Akademik Milliy Drama Teatri 
oldida 
o’rnatilgan. 
Yodgorlik 
1958/1963-yillarda 
taniqli 
Ozarbayjon 
haykaltaroshlari Tokay Mammadov va Omar Eldarov tomonidan bunyod etilgan, 
arxitektori Hoji Muxtorov. Ushbu haykal uchun haykaltaroshlar TokayMammadov 
va Omar Eldarov SSSR Badiiy akademiyasining kumush medallariga sazovor 
bo’lishdi. 
Shuningdek Muhammad Fuzuliy nomidagi qo’lyozmalar institute ham 
mavjud bo’lib, ushbu institut Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi tarkibiga 
kiritilgan ilmiy tashkilotdir. Muhammad Fuzuli nomidagi Ozarbayjon Milliy 
Fanlar Akademiyasining Qo’lyozmalar instituti 1950-yilda Nizomiy nomidagi 
Adabiyot institutining Qo’lyozmalar bo’limi asosida O’rta asrlar Sharq yozma 
yodgorliklarini to’plash, tizimlashtirish, himoya qilish va nashr etishning yagona 
markazi sifatida tashkil etilgan. 1986-yilda fond asosida Qo’lyozmalar instituti 
tashkil etildi. 1996-yil 13-sentyabrda institutga Muhammad Fuzuliy nomi berildi. 
Qo’lyozmalar instituti o’rta asrlar fanining tibbiyot va astronomiya, matematika va 
mineralogiya, poetika va falsafa, ilohiyot va huquq, grammatika, tarix va 
geografiya, badiiy adabiyot va she’riyat kabi barcha sohalarini qamrab olgan. 
Institut ozarbayjon, turk, arab, fors va boshqa tillardagi boy va noyob qo’lyozmalar 
to’plamiga ega. Hozir Qo’lyozmalar institutida 40 mingdan ortiq materiallar 
mavjud. 
O’zbekistondagi buyuk shoir Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon 
madaniyati, ta’limi va tadqiqot markazi 2019-yilda Toshkentdagi Alisher Navoiy 
nomidagi davlat O’zbek tili va adabiyoti universitetida ochilgan. Markaz 
O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniy markazining 
loyihasi asosida tashkil etilgan. Muhammad Fuzulining O’zbekistondagi ishiga 
bo’lgan katta muhabbatni inobatga olgan holda, ushbu markaz ikki mamlakat 
o’rtasida ilm-fan, ta’lim va adabiy aloqalar ko’prigi vazifasini o’taydi. Fuzuliy 
nomidagi Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va tadqiqotlar markazi O’zbekistonda 
ozarbayjon adabiyotini yuqori darajada targ’ib qiladi va bu yerda tashkil etilgan 


888 
kutubxona o’zbek talabalariga Ozarbayjon haqidagi yangi nashrlarni taqdim etadi. 
Markazda ozarbayjon tili va adabiyotidan dars berishdan tashqari uning 
madaniyatini targ’ib qiladigan nashrlar, Fuzuliyning kitoblari, asarlarining 
miniatyuralari, taniqli ozarbayjon yozuvchilarining portretlari, ozarbayjon 
gilamlari va esdaliklari joy olgan. 
Fuzuliy she’riyatining qaryib besh asr davomida sevib o’qilishiga sabab ham 
uning ilmga asoslanganligi va barcha misralarning qalb harorati bilan 
yo’g’rilganligidadir. Uning g’azallari xalq ko’ngli va tiliga yaqin bo’lgan. Shuning 
uchun g’azallari barcha kitobxonlar qalbida birdek joy egallagan. Fuzuliy ijodini 
o’rganish, unga izdoshlik o’z davrida boshlangan. Qator tazkiralarda shoir ijodi 
haqida ma’lumotlar berib o’tiladi. Shunday tazkiralardan biri Sultonmuhammad 
Noyi Mutrubiy Samarqandiy tomonidan tuzilgan “Tazkirat ush-shuaro” 
tazkirasidir. Mutrubiy 16/18-asrlardayoq o’zbek kitobxonlari orasida munosib 
shuhrat topgan Muhammad Sulaymon o’g’li Sulaymon o’g’li Fuzuliyning hayoti, 
badiiy mahorati haqida qisqacha ma’lumot berib o’tishi bilan bir qatorda quyidagi 
misralarni ilova qiladi: 
Bulbuli dil gulshani ruxsori aylar orzu, 
To’tiyi jon la’li shakkar boring aylar orzu.
Fuzuliy Navoiyni ustoz sifatida bilgani kabi keyingi davr o’zbek klassik 
adabiyoti ijodkorlari asarlarida Fuzuliy ijodiga izdoshlik, uning g’azallariga 
yozilgan ko’pgina muxammas va tatabbularni uchratamiz. 18-asrdan boshlab 
turkiy she’riyatga Fuzuliydek ta’sir ko’rsatgan ijodkorlar juda kamdir.
Fuzuliyning o’zbek ta’siri sabablarini T.Jalolov quyidagi xususiyatlarni 
ko’rsatish orqali izohlaydi:
1) Fuzuliy tilining o’zbek tiliga yaqinligi; 
2) Fuzuliyning xushlafz she’rzabonligi;
3) Fuzuliy asarlarining barkamolligi.
Fuzuliy yashab ijod etgan adabiy davr ozarboyjon adabiyotining nihoyatda 
gullab yashnagan davri edi. O’zbek adabiyotida munosib o’ringa ega bo’lgan 
ko’plab ijodkorlar ijodida Fuzuliyning adabiy ta’sirini sezish mumkin. Jumladan, 
16/17-asrlarda yashab ijod etgan Ahsaniy, Vafoiy, 18-asrda Ravnaq, Nishotiy, 
Kironiy, Munis, shuningdek, keyingi davri ijodkorlari G’oziy, Ogohiy, Turdi, 
Mashrab, Uvaysiy, Muqumiy, Shavqiy, Furqat, G’.G’ulom, H.Olimjon, E.Vohidov 
va boshqalarning ijodida Fuzuliyga izdoshlik holatlarini kuzatishimiz mumkin.
Umuman olganda, Fuzuliy ijodi o’zbek adabiyotida mavjud uch adabiy 
muhit: Buxoro, Xiva, Qo’qon muhitiga ham o’zining beqiyos ta’sirini ko’rsatgan. 
O’zbek she’riyatining juda ko’p atoqli arboblari Fuzuliyni ishqiy g’azallar 
yaratishda hassos san’atkor deb bilib, unga nazira bitganlar, g’azallariga 
muxammaslar bog’laganlar. 18-asrda yetishib chiqqan ijodkorlardan biri 
Polvonquli Ravnaq ham Fuzuliy lirik merosidan ilhomlangan, ta’lim olgan. 
Jumladan, uning Fuzuliy she’rlariga o’xshash: Kelki boshingg’a do’nub nozingga 
qurbon o’layin, Chashma jodu fusunzoringga qurbon o’layin, misralarida buni 
yaqqol ko’rishimiz mumkin.


889 
O’n sakkizinchi asrda yashagan o’zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri, 
mashhur “Husnu Dil” dostonining muallifi Muhammadniyoz Nishotiy ijodida ham 
Fuzuliyga izdoshlik holatlarini uchratamiz. Uning she’riyati lektsikasi Fuzuliy 
asarlari tiliga juda yaqindir. Buni bir tomondan Fuzuliy ijodidan ta’sirlanish 
sifatida baholash mumkin. “Husnu Dil” dostonida tushum kelishigi qo’shimchasi –
i(-ni) (Kelturing Aqli dedi kishvariston), qaratqich kelishigi qo’shimchasi –ng (-
ning) shaklida (Qomating og’ushiga qildi nigoh) qo’llangan bo’lib, bu poetik 
qo’llanishlar Fuzuliy dostonlarida ham aynan shunday tarzda ifodalangan.
Qo’qon xonligi hududiga hozirgi Farg’ona, Namangan, Andijon, Toshkent, 
Xo’jand, Qirg’iziston va Janubiy Qozog’iston kirgan. XVIII asr boshlari (1702-
1710)ga kelib Buxoro xonligida parokandalik kuchaydi. Bundan foydalanib, 
keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan hududda, Minglar urug’i oqsoqollari 
birlashib mustaqil davlat tuzishga qaror qilishdi. 1709-yilda Minglar Farg’ona 
vodiysida hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Yo’lboshchilardan biri Shohruhbiy 
hukmdor deb e’lon qilindi. Shu tariqa Movarounnahrda Buxoro va Xiva xonligi 
qatorida mustaqil Qo’qon xonligi vujudga keldi. Ko’qon xonligida Shohruhbiy 
(1709-1721), o’g’illari - Abdurahimxon (1721-1733), Abdulkarimxon (1733-1750) 
hukmronlik qilishadi. Keyinchalik ularning avlodlaridan Erdona (1751-1762), 
Norbo’tabek (1763-1798), Olimxon (1798-1810), Amir Umarxonlar (1810-1822) 
xonlikni boshqardilar. Ular o’z faoliyatlari davrida hududni kengaytirishga, 
markazlashtirishga harakat qilishdi. Jangu jadalllar olib borishdi. Qo’shni davlatlar 
bilan hamkorlik va do’stona aloqalar o’rnatishga intilishdi. Ba’zan yutuqlar ko’lga 
kiritildi, ba’zan yutqazildi.
Ijtimoiy hayotni yaxshilash choralari izlandi. Olimxon davrida Ko’qonning 
siyosiy mavqei kuchaydi, harbiy islohotlar o’tkazildi. U 1805 yili rasman o’z 
davlatini Ko’qon xonligi deb e’lon etdi. O’ziga xon rutbasini qabul qildi. 
Olimxondan keyin ukasi Umarxon o’zini “xon” emas, “amir” deb atadi. 1818 yili 
“amirul–muslimin” unvonini oldi. Ko’qon xonlari xalqning ijtimoiy-iqgisodiy va 
madaniy darajasini ko’tarish choralarini izlashgan. Ijodkorlarga rahnamolik qilib, 
rag’batlantirishgan. Adabiyot va san’at rivojiga imkon yaratishgan. Ular vositasida 
xalqning ma’naviy kamoliga ta’sir o’tkazishgan. XVIII asr I yarmida Ko’qon 
adabiy muhiti tashkil topa boshlagan. Jumladan, bu borada Mirzo Olim “Ansobus-
salotin” asarida 1732-1733 yillarda Abdulkarimxon davri haqida shunday yozgan: 
“Abdulkarimxon... xizmatiga eshon, domullo,Olim Konibodomiy va domullo Vali 
Xo’jandiy va Mashrabi devonayi Namangoniy kelib suhbat tutar erdilar. Alarning 
suhbatidin ifoda va istifoda topib, necha umumiy diniy va kashf yaqinig’a olim va 
koshif bo’lib kamolot hosil qildi”. 
Qo’qon adabiy muhitining eng gullagan, taraqqiy topgan davri bu – Amir 
Umarxon davridan boshlangan. Uning o’zi shoir bo’lgani sababli ijod ahliga 
imkoniyat yaratib bergan. Ularga homiylik va rahnamolik qilgan. Miyon 
Buzrukning 1930 yilda Toshkentda chop etilgan “O’zbek adabiyoti tarixiga 
umumiy qarash” kitobida bu davr Qo’qon adabiy muhitini “Oltin beshik davri 
adabiyoti” deb ataydi. Bu ta’rif, birinchi navbatda, Saroy tarixchilari tomonidan 
to’qilgan “Oltin beshik” va Bobur haqidagi afsona bilan bog’liq. Ikkinchidan, 


890 
adabiy muhitda yaratilgan qulay ijodiy sharoit va jarayon ham nazarda tutilgan. 
Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan Amir Umarxon o’zining siyosiy faoliyatidan 
tashqari adabiyot va san’at, ilm-fan rivojiga ham katta e’tibor bergan. Xonlik 
hududidagi barcha iqtidorli ijodkorlarni saroyga jamlab faol ijodiy jarayonni 
tashkil etdi. Ushbu adabiy jamoa o’zini turli yo’nalishlarda namoyon eta olgan. 
Tarixnavislik, tazkiranavislik, she’riyat, nasr, matbaa ishlari, adabiy 
hamkorlikning noyob mahsullari dunyoga kelgan. Hakimxon To’raning 
“Muntaxab ut-tavorix”, Avazmuhammad Attorning “Tuhfat ut- tavorix”, Ishoqxon 
To’raning “Tarixi Farg’ona”, Mushrifning “Ansobus-salotin va tavorixi Xavoqin”, 
Mutribning “Shahnomai devona Mutrib”, Mushrifning “Shahnomai Nusrat payom” 
kabi tarixiy asarlari, Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” tazkirasi mazkur 
davrda yaratilgan. U haqdagi ma’lumotlarni o’zida jamlagan. Umarxon tashabbusi 
bilan dunyoga kelgan Fazliy tazkirasi tazkiranavislikda yangi yunalishni 
shakllantirdi. Keyinchalik bu an’ana boshqa adabiy muhitlarda ham davom 
ettirilgan.
Qo’qon adabiy muhitida xalq og’zaki ijodi namunalarini o’zlashtirishga, 
jamlashga, yozma adabiyot bilan uyg’unlashtirishga katta e’tibor berilgan. Bu 
harakatning noyob mahsuli sifatida Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarini eslash 
kifoya. Uvaysiy, Nodira, Fazliy, Ado, Maxmur, Amiriy kabi ijodkorlarning 
asarlarida ham xalqona hikmatlardan, iboralardan unumli foydalanish yaqqol 
ko’zga tashlanadi. Qo’qondagi matbaachilikning o’z taraqqiyot tarixi mavjud. 
Mazkur davrda ham ko’plab qo’lyozmalar qayta-qayta ko’chirildi. Ayniqsa, ushbu 
davr matbaa tarixini adabiy aloqalar, adabiy hamkorliklardan ayri tasavvur etib 
bo’lmaydi. Chunki, Bedil devonlari ko’chirib, ko’p nusxalarda tarqatilgan. Uning 
asarlariga shoirlar naziralar, muxammaslar bog’lashgan. Lutfiy, Navoiy, Amiriy 
devonlaridan iborat “Muhabbatnoma” majmuasi Turkiya sultoniga sovg’a 
tariqasida yuborilgan. 1836-1837 yillarda Amiriy va Nodiraning o’g’li 
Muhammadalixon buyrug’iga binoan xattot Dabir tomonidan Fuzuliy devoni 
ko’chirilgan.
XIX asr Qo’qon adabiy muhitida yashagan adiblarning ijodida Fuzuliyning 
adabiy ta’siri kuchli bo’lgan. Shoir asarlaridagi so’zlar xazinasidan 
foydalanishgan. Uning asarlariga naziralar, muxammaslar bog’lashgan.Qo’qon 
adabiy muhitida ijod qilgan ijodkorlar Amiriy, Uvaysiy, Nodira, Madalixon ijodiga
nazar tashlaganimizda Fuzuliyga izdoshlik aks etsa, buni keyingi o’zbek 
ijodkorlari ijodida ham ko’rish mumkin. Jumladan, XX asrda o’zbek 
g’azalchiligida munosib asarlar yaratgan shoir Erkin Vohidov “Fuzuliy haykali 
qoshida” she’rida shunday yozadi:
Oshiqlar uxlaydi saharga tomon,
Fuzuliy devonin boshiga qo’yib...
G’azal ham bo’lurmi shuncha dilrabo,
Bunchalar serishva, bunchalar sernoz.
Mening shoirligim yolg’ondir, ammo,
Fuzuliy she’riga oshiqligim rost.


891 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, o’zbek xalqi qardosh ozarboyjon 
farzandi Fuzuliy ijodiga zo’r qiziqish va katta hurmat bilan qarab kelgan va hozir 
ham shundaydir. Qadimdan ota-bobolarimiz navoiyxonlik, fuzuliyxonlik 
kechalarini uyuushtirib tonggacha g’azallar o’qishgan. Buyuk shoir 
E.Vohidovning: “Bizning ota-bobolarimiz Fuzuliy baytlarini ibtidoiy maktabda 
yod olib, ko’ngliga jo qilganlar”, – deyishiga sabab shundadir. Fuzuliy o’z 
asarlarining ta’sir kuchi va taqdiri haqida o’z devoni debochasida shunday 
yozgandi: “... mening har bir so’zim bir pahlavondir, ular yurish boshlaganda yer-u 
suvni batamom bosib oladi. (She’rlarim) qayerga borsa, u yerdan mol-mulk talab 
qilmaydi, hech kimga ozor bermaydi. Zamonning o’tishi mening so’zlarimga zarar 
yetkazib, paymol qila olmaydi”. Bu so’zlarning nechog’li to’g’ri ekanligini bugun 
hayotning o’zi ko’rsatib turibdi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin