Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə408/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   431
Anjuman Boku (6)

"Layli va Majnun", Fuzuliy 
Bu yerda ayolning ozod tanlov huquqining tortib olinishi oshkor bo’ladi. 
Fuzuliy bu bilan Islom dinining ayolga bergan tanlov huquqini talab etadi va bu 
uchun insonlarni ilohiy haqiqatga amal qilishga chorlaydi. Dunyoda hokim odat 
an’ana va tushuncha tarsi ayolga ma’naviy erkinlik bermas, ayol qalbining ovozini 
eshitishni istamasdi. 
Asar patriarxal madaniyatning bir namunasi sifatida ham baholanishi 
mumkin. Bu yerda ayollar har bir harakatlarida juda ehtiyotkorlik bilan harakat 


882 
qiladilar. Laylining Majnunga bo’lgan muhabbatini eshitgan ona ham bu hayajon 
va qo’rquv dahshatini his qiladi. Va u buni Layliga qilgan nasihatlarida ochiq 
bildiradi: 
Kaysho’x, nedir bu go’ftugular? 
Qilmoq sanga ta’na aybchilar? 
Nechun o’zingga ziyon etursan? 
Yaxshi nomingni yomon etursan? 
Nechun sanga ta’na etar badyu? 
Nomusingga loyiq ishmidir bu? 
"Layli va Majnun", Fuzuliy 
Ayol ozodligi hayo, ibo, nomus, iffat jilovlari bilan pardalangan bo’ladi. 
Asarda ayolning o’z istagini tilga olishi, erkin oila qurish orzusi bilan yashashi 
ham odob-axloqdan uzoq deb hisoblanadi. Asosiy fojia shundaki, Layli o’z huquqi 
yo’lida qisman bo’lsa ham kurash olib borsa-da, atrofida o’ziga hamdam 
topilmasligi sababli natijaga erisha olmaydi. U atrofdagilar tomonidan 
tushunilmasligi sababli dardini sham bilan, parvona bilan, oy bilan, bulut bilan
tuya bilan bo’lishishga majbur bo’ladi. Layli o’zini jilovi boshqasining qo’lida 
bo’lgan tuyaga o’xshatadi: 
Men kabi yo’q qo’lda ixtiyoring, 
Bir o’zga qo’lidadir mahoring. 
"Layli va Majnun", Fuzuliy 
Fuzuliy qalamga olgan sevgi dostonida bosh qahramonlarning — Layli va 
Majnunning komil surati bilan birga epizodik obrazlar ham berilgan. Yoshlarning 
ota-onasidan tashqari Nofel, Ibn Salom, Zayd kabi ikkinchi darajali obrazlar, bu 
yoki boshqa darajada voqealar rivojida qatnashgan Soqiy, Gardun, ohu, kabutar, 
sham, oy va boshqa allegorik obrazlar berilgan. Bu obrazlarning xarakterida asosiy 
jihat, asosiy kayfiyat sof muhabbat, sevgiga sadoqat masalasidir. Butun boshqa 
masalalar ikkinchi, uchinchi darajada qoladi. 
Shoir epizodik obrazlardan ham sevgining jozibador qudratini, hamma 
narsadan ustunligini, eng yuksak ma’no kasb etishini ko’rsatadi. Hatto Majnunga 
raqib bo’lgan Ibn Salom obrazini ishlar ekan, shoir uning menligidagi musbat 
sifatlarni, uning oliy idrokini, xush xosiyatini, jozibali husnini qayd etadi. U 
mo’tabar insondir, kibor ichida mashhurdir, baxtiyordir, boydir, ma’rifat ahlidir. 
Shoir uni bosh qahramoni Majnun bilan qiyoslaydi. Ibn Salom Laylini ovga 
borganda ko’rib, maftun bo’ladi va darhol uyiga qaytadi. Layli uchun sovchi bo’lib
borishga eng aqlli, munosib odamni topadi. 
Tasvirda bosh qahramonga — Majnunga raqib bo’lgan odamning tasvirida 
shoir raqibning manfiy jihatlarini bo’rttirib ko’rsatishini kutish mumkin edi. Lekin 
unday bo’lmaydi, shoir hatto Majnunning raqibida ham xunuk xislatlarni 
ko’rmaydi. To’g’rirog’i bunday odam bilan „eng yuksak xilqat“ bo’lgan Laylini 
yuzma-yuz qo’yishni istaydi. Layli Ibn Salomni sevmasa ham, undan qochishni 
xohlasa ham, Ibn Salom olijanob bo’lib qolaveradi. Layli to’y kechasida o’z 
dardini unga aytgach, qizning barcha iztiroblariga ishonadi, olijanoblik qilib


883 
fikrini butkul o’zgartiradi, unga yaqinlashmaydi, „vasldan“ umidini uzib hijronni 
o’ziga ro’ziy etadi. 
Ayol ozodligi hayo, ibo, nomus, iffat jilovlari bilan pardalangan bo’ladi. 
Asarda ayolning o’z istagini tilga olishi, erkin oila qurish orzusi bilan yashashi 
ham odob-axloqdan uzoq deb hisoblanadi. Asosiy fojia shundaki, Layli o’z huquqi 
yo’lida qisman bo’lsa ham kurash olib borsa-da, atrofida o’ziga hamdam 
topilmasligi sababli natijaga erisha olmaydi. U atrofdagilar tomonidan 
tushunilmasligi sababli dardini sham bilan, parvona bilan, oy bilan, bulut bilan, 
tuya bilan bo’lishishga majbur bo’ladi. Layli o’zini jilovi boshqasining qo’lida 
bo’lgan tuyaga o’xshatadi: 
Mayl etmadi mutlaq o’l nigora, Hargiz unga qilmadi nazora! 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin