Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə406/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1.
Шодиев Э. XIX аср Хўжанд шоирлари ижодида зуллиисонайинлик 
анъаналари (Ўзбек-Тожик адабий алоқалари тарихидан). Ленинобод – 
Тошкент. 1971.- 101- бет. 


877 
2.
Фузулий Муҳаммад. Асарлари, 2 ж. 1ж.. Девон. ( Озарбайжончадан 
нашрга тайёрловчи: Холид Расул ) –Т.: “Ғ. Ғулом”, 1968, 90- б.
3.
Фазлий Намагоний. ЎзРФАШИ № 7510 қўлёзма. 174
б
-
саҳифа 
(ҳошияда берилган). 
4.
Ҳаққулов И. Абадият фарзандлари.- Т.: Ёш гвардия. 1990.- 192-б. 
5.
Бузурк М. Ўрта-Осиё ва Ўзбек адабиёти тарихига умумий қараш.
Самарқанд-Тошкент. Ўзнашр.- 85-86- бетлар. 
 
FUZULIY VA QO’QON ADABIY MUHITI 
Gulsanam NOROVA
Navoiy davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi, 
Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD, 
Annotatsiya.
Maqolada Fuzuliy hayoti va ijodi o’zbek adabiyotida mavjud 
uch adabiy muhit: Buxoro, Xiva, Qo’qon muhitiga o’zining beqiyos ta’siri haqida 
aniq ma’lumotlar keltirilgan.
 
Kalit so’zlar.
 Tili, madaniyati, urf-odati va an’analari, Muhammad Sulaymon
Fuzuliy, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Ozarboyjon adabiyoti. 
Turkiy xalqlar uchun umumiy bo’lgan adabiyotimizni sak(soq)lar davridan 
boshlashimiz taxminlarga asoslangan faraziy gaplar emas, aksincha, aniq dalillar 
bilan isbotlangan haqiqat bo’lsa, bu davrdan qolgan merosni o’rganish, tadqiq 
qilish – zamon talabi, bizning muqaddas burchimiz hamdir. Adabiyotimiz tarixini 
qaysi davrdan boshlash, qanday tarixiy taraqqiyot davrlariga bo’lib o’rganish 
adabiyot tarixidagi asosiy omillardan bo’libgina qolmay, biz uchun millat sifatida 
tariximizni o’rganishimizda ham o’ta muhim ahamiyatga ega. Sababi, bunday 
tadqiqotlar bizning milliy mentalitetimizning shakllanishi va xalq sifatidagi teran 
ildizlarimiz qaylarga borib tutashajagini ham yoritib beradi. Binobarin, biz 
adabiyotimiz tarixini to’g’ri yorita olmasak, zaiflashib ketgan milliy xotiramizni 
ham asl holiga keltira olmaymiz, milliy-madaniy taraqqiyot dasturimizni ham 
zamonga mos ravishda rivojlantira olmaymiz. 
Tili, madaniyati, urf-odati va an’analari bir-biriga yaqin bo’lgan o’zbek va 
ozarboyjon xalqlari o’rtasidagi adabiy aloqalar tarixi uzoq yillarga borib taqaladi. 
Adabiyotimiz tarixining to’g’ri yoritilishi – turkiy xalqlar birligiga asos bo’ladigan, 
bizni ruhiy-ma’naviy mushtaraklik sari boshlaydigan yo’ldagi dastlabki asosiy 
qadamdir. Turkiy xalqlar uchun umumiy bo’lgan adabiyotimizni beixtiyor o’zbek 
va ozarboyjon adabiyoti uyg’unligisiz tasavvur etish qiyin.
Bir xalqning adabiyoti o’sha xalqqa mansub bo’lgan dastlabki ota-
bobolarning dunyoga kelgan davrlaridan, shu xalqni shakllantirgan urug’-qabilalar 
umrguzaronlik qilgan davrlardan boshlanishi chin haqiqat. Ilm-fan hamisha 


878 
taraqqiyotda, rivojlanishda davom etadi. Har bir davr kishilari o’z zamonasidagi 
moddiy imkoniyatlarga asoslanib, tadqiqotlar olib boradi, nuqtai nazarlarni, 
tahlillarni o’rtaga tashlaydi. Shu sabablarga ko’ra ham, har bir davrda ilm 
o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlarni namoyon qiladi, o’ziga xos saviyaga 
ko’tariladi. Shu o’rinda Ozarboyjon adabiyotini Fuzuliy ijodisiz, uning betakror 
adabiy merosisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Adabiyotda forsiy til hukumron bo’lgan bir paytda, turkiy tilning g’oyatda 
katta imkoniyatini ko’rsatib bergan Alisher Navoiy bo’lsa, undan so’ng bu 
adabiyot rivojiga katta hissa qo’shgan ijodkor Muhammad Fuzuliydir.
Muhammad Fuzuliy ibn Sulaymon (
Məhəmməd Füzuli
) 1498-yil Karbalo 
shahrida dunyoga kelib, 1556-yil vafot etgan. O’rta asrlar ozarbayjon shoiri, 
mutafakkir va faylasuf. Ozarbayjon va turk adabiyoti tarixida devon janrining eng 
mashhur va taniqli namoyandalaridan biri sifatida tanilgan. Bir qancha tazkiralarda 
Bag’dodiy taxallusi bilan ham tilga olinadi. Manbalarda boshqa ismi Mulla 
Muhammad Bag’dodiydir. Faqat shoir Bag’dodda emas, uning yaqinidagi Karbalo 
shahrida tug’ilgani ma’lum. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2019-yil 7-may 211-son Qaroriga binoan Muhammad Fuzuliy Ozarbayjon 
Respublikasida asarlari davlat mulki deb e’lon qilingan mualliflar ro’yxatiga 
kirgan. 
Muhammad Fuzuliy Ozarbayjonda mashhur bo’lgan turkiy elatli Bayot 
urug’idandir. Ba’zi manbalarga ko’ra, Muhammadning otasi Sulaymon Iroqqa, 
Ozarbayjonning Arash tumanidan ko’chib borgan. Keyinchalik shoirning o’g’li 
Fayzulloh Arashga qaytib, yaqin qarindoshlari yonida yashagan. U bu yerda 
o’zining olimligi bilan katta shuhrat qozongan. Fuzuliyning o’zi ham mukammal 
ta’lim olgan. Buni e’tiborga olgan tadqiqotchilar shoirning otasi o’ziga yarasha boy 
odamlardan bo’lgan deb hisoblashadi. Shuningdek, uning ziyoratgoh hisoblangan 
Hilla va Karbalo kabi shaharlarda yashashi Sulaymonning dindorlardan 
bo’lganidan dalolat beradi.
Haqiqatdan ham Fuzuliyning otasi Hilla shahrining muftiysi bo’lgani haqida 
rivoyat bor. XI asrda Iroq Saljuqiylar, keyinchalik esa Mo’g’ullar va Temuriylar 
tomonidan bosib olingach, Bag’dodda va uning atroflarida turklar soni ortib bordi. 
Bu vaziyat keyin ham davom etadi. 1508-yilda shoh Ismoil tantanali ravishda 
Bag’dodga kirib, Iroqni Ozabayjonga qo’shib oladi, keyinchalik esa 1534-yilda bu 
shahar uzoq muddat Usmoniylar imperiyasi tarkibida bo’ladi. Shunday qilib, 
Fuzuliyning hayoti va ijodining ilk davrlari Iroqi-arabning Ozarbayjonning 
Safaviylar hokimiyatiga tobe bo’lgan yillariga to’g’ri keladi. Dohiy Muhammad 
Fuzuliy 1556-yilda Karbaloda o’latdan vafot etadi. Shoirning qabri ham aynan 
Karbalodadir. 
Muhammad Fuzuliy boshlang’ich ta’limini Karbaloda olgan, Bag’dodda 
davom ettirgan. Bir muddat Iroqning Najaf va Hulla shaharlarida ham yashagan. 
Uning ustozi Vali Mammadzoda bo’lgan. Shaxsiy mutolaasi soyasida o’rta asr 
fanlari (mantiq, tibbiyot, astrologiya, matematika va gumanitar fanlar), xususan, 
diniy-falsafiy oqimlar, arab tarjimalari asosida yunon falsafasi bilan yaqindan 
tanishgan, klassik turk, arab, fors va hind adabiyotini o’rgangan. 


879 
„Bangu Boda“ („Nasha va may“) asarini Shoh Ismoil Xatoiyga 
bag’ishlaganiga, Shoh Tahmasbga va uning sarkardalariga, har bir hokimlarga
xonlarga qasidalar yozishiga qaramay, saroyga qiziqishi bo’lmagan. Sulton 
Sulaymonga bir necha qasida taqdim etgan Fuzuliy Sulton qo’shini bilan 
Bag’dodga kelgan turk shoirlari Xayoliy va Yahyobey bilan uchrashgan, „Layli va 
Majnun“ (1537) asarini esa „Rum zariflari“ deb atagan bu ijodkorlarning 
iltimosiga ko’ra qalamga olgan. 
Fuzuliy uch tilda g’azal, qasida, musaddas, tarkibband, tarji’band, ruboiy, 
qit’a, murabba yozgan. Falsafiy mohiyatga ega qasidalari, „Etti jom“, „Anisul 
qalb“, „Sihat va Dard“ asarlari keksalik davri mahsullaridir. U qasidalarini alohida 
asar sifatida to’plab, kitob shakliga solgan, turk, fors va arab tillarida devonlar 
tuzgan. 
Nizomiy Ganjaviyning ilk bora yozma adabiyotga olib kelgan „Layli va 
Majnun“ mavzusining ko’pgina turk, fors, hind, o’’zbek va tojik shoirlari 
tomonidan qalamga olinishiga qaramay, Fuzuliyning ona tilida yaratgan asari 
originalligi bilan bu mavzuda avvalroq yozilgan poemalardan ajralib turadi. 
Fuzuliy qadim yunon va Sharq falsafasi bilan tanish edi. Uning falsafiy 
qarashlari asosan arab tilida nasrda yozgan „Matla-ul e’tiqod“ asarida o’z aksini 
topgan. Fuzuliy bu yerda Aristotel, Platon, Empedokl, Demokrit va boshqa yunon 
faylasuflarining fikrlaridan, an-Nizomning falsafiy merosidan ta’sirlangan. 
Fuzuliyning boshqa asarlarida ham adabiy falsafiy fikrlarga duch kelish mumkin. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin