874
Hiloliy, Bedil, Zebunniso, Mushfiqiy, Saido Nasafiy singari tojik shoirlari, Ozodiy,
Mahtumquli, Saidiy, Zeliliy, Kamina singari turkman shoirlari asarlari keng tarqala
bordi.
Bu asrlarda yashab ijod etgan ikkala xalq shoirlari
uchun ham Sharqning
ulkan so’z ustalari asarlari ijodiy kamolot maktabi vazifasini o’tadi.
Bu jihatdan xorazmlik mashhur o’zbek shoiri Munisning quyidagi g’azali
xarakterlidir:
Voliy mulki tariqat gar Nizomiydur manga,
Manzili ma’niga Xizri roh Jomiydur manga”. [1,101]
Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron”
tazkirasi ham yuqoridagi
“Kamolot maktabi” ta’sirida yaratilgan asarlardan biri hisoblanadi. Mazkur
radiflardan “Majmua shoironda”da ham “sango”, “biri”, “cho’x” va “do’ndirdi”
radiflari uchraydi.
Nafaqat Amir Umarxon, balki Qo’qon adabiy muhitining
ko’plab shoirlari Fuzuliy ijodiga ergashganlar «Majmua shoir»dan
bunga
istalganicha dalil topish mumkin. Masalan, Fuzuliyning:
“Ey mazoqi jona javring shahdu shakkartak laziz,
Dam-badam zahri g’aming qandi mukarrartak laziz”
Matla’si bilan boshlangan “laziz” radifli etti baytdan iborat ramali
musammani mahzuf ( taqte’si – V - - / - V - - / - V - - / - V -
foilotun, foilotun,
foilotun, foilun ) vazinidagi g’azaliga Munshiy o’sha radifda va vaznda besh
baytli g’azal tatabbu’ qilgan. Fuzuliy g’azalidagi obrazlar: mazoq, shahd, shakar,
otashi barq, do’zax, obi kavsar, talx guftor, sog’ar, haft kishvarlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: