Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə409/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   431
Anjuman Boku (6)

"Layli va Majnun", Fuzuliy 
Poemaning oxirlariga kelib, Layli va Majnunning yuzma-yuz kelishgan 
joyida kutilmagan hodisa yuz beradi. Biroz avval sahroda karvonni yo’qotgan, 
adashib sargardon kezgan Layli Majnunga duch eklganida uni tanimaydi. Endi esa 
Majnun Laylini tanimaydi yoki tanishni istamaydi. Layli o’zining har bir qayd va 
shartdan uzoqligini, Majnunning og’ushiga kirishga tayyor ekanligini aytganda 
Majnun ortga tisariladi, bunday visolga toqati yo’qligini bildiradi: 
Yoqmoqqa meni yetar xayoling
Yo’qdur manga toqati visoling! 
Ul kunki, ko’zimda bor edi nur, 
Ko’zdan yuzingni qochirding, ey hur… 
Ishq etdi binoyi vasli mahkam, 
Mani-da mani san ila hamdam! 
Manda bo’lgan oshkor sensan, 
Man xud yo’qman, ulki bor sansan!.. 
"Layli va Majnun", Fuzuliy 
Umrini ma’shuqasining yo’lida qo’ygan, foniy kun uchun „rusvoyi xaloyiq“ 
bo’lgan odamning o’z orzusiga yetay deganda birdaniga yuz o’girishi, albatta, aqlli 
harakat hisoblanmaydi. Bu chindan ham „majnunlik“ alomatidir. Faqat buyuk shoir 
buni ham sayoz, oddiy harakat hisoblamaydi, oshiqning iztiroblarga to’la, yarali 
qalbi bilan va qalbning murakkab hayoti bilan izohlaydi. Majnun endi omadsiz bir 
ishqning mujassami sifatida qolish, Laylining bokira xayoli bilan yashash va 
o’lishni istaydi: 
Man ishq kezargohida xokman, 
Elchimla bilarmanki, pokman!.. 
"Layli va Majnun", Fuzuliy 
Shikoyatnoma
– ikkinchi nomi „Nishonchi poshshoga maktub“dir. 
Davrining mansabdor xarajatlaridan, a’yonlarning poraxo’rligi tufayli unga 
yozilgan nafaqani ololmaganidan norozi bo’lgan Fuzuliy o’zining „Shikoyatnoma“ 
manzum she’rida shunday yozadi: 
Salom berdim — pora emas deya olmadilar. 
Hukm ko’rsatdim — foydasizdir deya multafit o’lmadilar. 


884 
Agarchi zohirda surati-itoat ko’rsatdilar, ammo zaboni-hol ila jami suolima 
javob berdilar. 
Dedim: — Ya ayyuhal-ashob! Bu ne fe’li-xatovu chini-abrudur? 
Dedilar: — Muttasil bizning odatimiz budur. 
Dedim:- Manim raoyatimni vojib ko’rmishlar. Va manga baroati-taqoud 
bermishlarki, o’vqafdan hamisha bahramand bo’lam. Va podshohga farog’at ila 
duo qilam. 
Dedilar: — Ey, miskin! Saning mazolimingga kirmishlar va sanga sarmoyayi-
taraddud bermishlarki, mudom foydasiz jidol etasan. Va nomuborak yuzlar ko’rub, 
nomuloyim so’zlar eshitasan. 
Dedim:- Baroatimning mazmuni ne uchun surat topmas? 
Dedilar:- Zavoiddir, husuli mumkin bo’lmas. 
Dedim:- Bundoq o’vqof zavoidsiz bo’larmu? 
Dedilar:- Zaruriyati-ositonadan ziyoda qolursa, bizdan qolurmu? 
Dedim:- Vaqf molin ziyoda tasarruf etmak vaboldur. 
Dedilar:- Aqchamiz ila sotib olganmiz, bizga haloldur. 
Dedim:- Hisob olsalar, bu sulukunuzun fasodi topilur. 
Dedilar:- Bu hisob qiyomatda olinur. 
Dedim:- Dunyoda daxiy hisob olinur xabarin eshitganmiz. 
Dedilar:- Ondin daxiy boqiymiz yo’q, kotiblarni rozi etganmiz. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin