Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Kapitalni boshqarish bilan bog‘liq jarayon



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Kapitalni boshqarish bilan bog‘liq jarayon.
Tijorat banklari uchun muhim muammolardan biri bu o‘z 
kapitalini samarali boshqarishdir. Banklar potensial yo‘qotishlarni oldini olish, tartibga solish talablariga javob 
berish va biznes o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun etarli kapitalga ega bo‘lishlari zarur. Biroq, tavakkalchilik va 
kapital o‘rtasidagi to‘g‘ri muvozanatni o‘rnatish juda nozik vazifadir. Banklar optimal kapital tuzilmasini saqlab 
qolish uchun ularning risk profillarini, iqtisodiy sharoitlarini va kapitalning etarlilik koeffitsiyentlarini diqqat bilan 
baholashlari kerak. Quyidagi rasmda AQSh tijorat banklari kapitali qaytimi haqida 2003-yil 1-chorakdan 2022-
yil 3-chorakda erishilgan natijalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
1-rasm:
AQSh tijorat banklari kapital qaytimi (ROE) haqida 2003–2022-yillar choraklar kesimida ma’lumot 
[15]
.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
110
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Rasm ma’lumotlaridan kuzatish mumkinki, AQSh tijorat banklari kapital qaytimi o‘rtacha 10 foiz atrofida 
bo‘lgan, biroq bu ko‘rsatkich tebranib turish holatiga ega bo‘lgan. Masalan, 2003-yil 4 chorakda eng yuqori 
darajani, ya’ni taxminan 15 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2009-yil 1 chorakda minus 22 foizga tushib yeetgan. 
Albatta, buni 2008-yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijalari sifatida baholash mumkin. Kapital qatimi, 
AQSh banklarida 2011-yildan so‘ng barqarorlashgan va 2022-yil 3 chorakda 10 foiz darajasini tashkil etgan.
Likvidlikni boshqarish bilan bog‘liq jarayon.
Tijorat banklarida likvidlikni ta’minlash ularining uzluksiz 
faoliyat yuritishlari uchun hal qiluvchi muhim moliyaviy ahamiyatga ega. Likvidlik deganda bankning qisqa mud-
datli majburiyatlarini katta xarajatlarsiz bajarish qobiliyati tushuniladi. Banklar likvidlikni boshqarishda pul oqim-
laridagi noaniqliklar, depozitlarni to‘satdan yechib olish yoki bozor sharoitidagi kutilmagan o‘zgarishlar tufayli 
qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Likvidlik tavakkalchiligini samarali boshqarish bankning o‘z majburiyatlarini ba-
jarishini ta’minlash uchun ishonchli favqulodda vaziyatlar rejalarini ishlab chiqish, likvidlik buferlarini yaratish va 
pul oqimlarini yaqindan kuzatib borishni o‘z ichiga oladi. 
AQSh bank tizimida likvidlikni ta’minlashda bank-moliya korporatsiyalarining moliyaviy resurslarni jalb qi-
lish borasidagi tajribasidan kengroq o‘rganish lozim. Quyidagi jadvalda AQSh bank tizimining jalb qilingan re-
surslari tarkibi xususida ma’lumotlar keltirilgan.
1-jadval:
AQSh bank tizimi jalb qilingan mablag‘larining tarkibi va dinamikasi, (1-yanvar holatiga, foiz 
hisobida) 
[16]

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin