Babayeva d. R


 UNICEF to‘plam 2014 у fefral .B.Aminov - Samarqand davlat universiteti



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

24 UNICEF to‘plam 2014 у fefral .B.Aminov - Samarqand davlat universiteti
339


jarayonida o‘z samarasini beravermaydi. Shiming uchun ham 
kompyuter o‘yinlarini tanlash va ulardan foydalanish uchun jiddiy 
yondashuv va e’tibor kerak bo‘ladi.
Kompyuterli о‘yin dasturlari shunday yaratilgan bo‘lishi kerak- 
ki, unda bajariladigan har bir harakat bolalar tomonidan to‘g‘ri qa- 
bul qilinishi, bajarilishi va tasawur etilishi lozim. 0 ‘yin dasturidagi 
har bir harakatni bola tushuna olishi, uni qanday bajarish kerakligini 
o‘ylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bundan 
tashqari, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilaming 
axborot texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich savodxonligini ham 
oshirbh zarur, ya’ni kompyuteming umumiy tuzilishi, asosiy quril- 
malari to‘g‘risida umumiy tushunchalami, klaviaturadan foydalana 
olish nalakalarini hosil qilish mumkin. Bu ishlar tarbiyalanuvchi­
laming: kompyuter o‘yinlaridan foydalana olish bo‘yicha malaka va 
ko'nikmalari shakllanishida asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Mt ktabgacha ta’lim muassasalarida kompyuterli o‘yin dastur- 
laridan foydalanish tarbiyalanuvchilarda bir qator ijobiy sifatlaming 
shakli liiishi va mustahkamlanishiga imkoniyat yaratadi:
-
p‘z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish imkonini beradi;
-
mustaqil harakat qilishga zamin yaratadi;
-
muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi;
-
insonlar bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi;
-
o‘z-o‘zini nazorat qilishni shakllantiradi;
-
tarbiyalanuvchilarda obrazli tasa w u r va obrazli fikrlash
rivojlanadi;
-
nutq, kreativ fikrlash va kognitiv qobiliyatlar rivojlanadi.
Kompyuterli o‘yin dasturlaridan tashqari, maktabgacha ta’lim muas­
sasalari uchun kompyuterli nashrlar, shu jumladan ijodiy ishlanmalar, 
xayoliy sayohatlar va boshqa elektron axborot resurslari yaratilmoqdaki, 
ulardan foydalanish bugungi kunda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda ham axborot 
texnologiyalari vositalaridan foydalanilmoqda. Buning uchun esa 
maktabgacha ta’lim muassasalarida elektron axborot resurslari- 
dan samarali foydalangan holda elektron hujjat almashuvi yo‘lga 
qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
340


Bu faoliyatning samaradorligi tarbiyachi-pedagoglaming ta’lim- 
tarbiya jarayoniga shu texnologiyalami qo‘llashga doir bilim, 
ko‘nikma va malakalari darajasi va amaliy ish tajribalariga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida 
axborot - kommunikatsion texnologiyalaridanmukammal foydalanish 
uchun asosiy e’tibor, eng awalo, talab qilinadigan sharoitni yara- 
tish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy elektron axborot 
va uslubiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilishi lozim. 
Bugun mamlakatimiz istiqlol sharofati tufayli barcha fan sohalarini 
rivojlangan davlatlarda to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilish va 
yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadri­
yatlami ijodiy o‘rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Mil­
liy dasturda ta’kidlanganidek, yaqin kelajakda «kadrlar tayyorlash 
sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro 
hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi, xalqaro 
ta’lim tizimlari rivojlantiriladi». Eng muhimi, bu ta’lim o‘z nohi- 
yatiga ko‘ra, o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘kqonli 
rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Buning natijasida shaxs o‘z «mcn»ini 
anglay boshlaydi va boyitadi, tashqi dunyo bilan bo‘lgan aloe asida 
esa o‘zining ijtimoiy rolini topa oladi, yaratuvchilik qobiliyati rhakl- 
lanadi. Zero, o‘z-o‘zini rivojlantirish ustida doimo ish olib boraoigan, 
yuksak ma’naviyatli, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash 
zamonaviy pedagogikaning ustuvor vazifalaridandir.
Multimediali kompyuter texnologiyasidan ta’lim-tarbiya jarayo­
nida foydalanish bir vaqtning o‘zida bolalaming kompyuter savod- 
xonligi shakllanishiga ham olib keladi. Animatsiyali ma’lumotlaming 
insonga ta’siri katta bo‘lib, undan. MTMlari ta’lim-tarbiya jarayo­
nida foydalanish bolalar diqqatini ko‘proq jalb qilish xususiyatiga 
ega. Multimediali ta’lim bir vaqtning o‘zida ham ko‘rish, ham eshi- 
tish orqali bilim olish uchun samarali ekanligi hayotiy tajribada al- 
laqachon isbotlangan. MTM tarbiyalanuvchilari monitor ekranida 
namoyish etiladigan materiallami o‘rgana borsalar va kompyuterdan 
foydalanish bo‘yicha yetarlicha ko‘nikma hosil qilsalar, maktabda 
boshlang‘ich sinfda informatika fanini o‘rganishga, kelajakda esa 
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtida
341


kompyuterdan foydalana olish malakasiga to‘liq ega bo‘ladilar. Shu 
bilan birga, tarbiyalanuvchilaming kompyuterdan foydalanish jara- 
yonida mantiqiy tafakkurlari rivojlanadi, bilim olishga havaslari va 
ishtiyoqlari ortadi, dunyoqarashlari shakllanadi. Kompyuterli didak- 
tik o‘yinlaming pedagogik jihatlaridan biri ulaming ta’limiyligidir. 
Tarbiyalanuvchi o‘yin davomida bir vaqtning o‘zida ham o‘yinda 
ishtirok etadi, ham ma’lum bir darajada ta’lim oladi. Ayrim o‘yinlarda 
bilimlar mashqlar orqali namoyish qilinadi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin