Babayeva d. R


ning  metod va vositalarini shakllantirish vazifasini belgilab  beradi



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

ning 
metod va vositalarini shakllantirish vazifasini belgilab 
beradi. 
Emotsional-vositasiz muloqot ushbu yoshdagi asosiy 
faoliyat 
turi hisoblanadi.
Bolani ajratib qo‘yish, kattalar bilan emotsional aloqalaming kam- 
ligi 
bola hayotining birinchi oylaridan boshlaboq uning yetarli dara- 
jada 
rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
17 Жинкин Н.И. Механизмы речи. - М. АПН, 1958. - С. 38.
73


Go‘daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal 
rivojlanadi, dastlabki mehr qo‘yish shakllanadi, ijtimoiy kutish- 
lar vujudga keladi (bola kattalardan muayyan hayotiy vaziyatlarga 
mos keluvchi harakatlami kutadi), bola bilan kattalar o‘rtasidagi 
sherikchilikning ilk ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Bola o‘zining 
qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini 
boshqarishni o‘rganadi. Bu hoi unda nutqning hali mavjud emasligi- 
dan qat’i nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabat- 
lari va imo-ishoralargina mavjud.
Dastlabki so‘zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga mosligi va 
kommunikativ yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bunday nutq 
avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola atrofi- 
dagi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lgan yaqinlarigagina tushunarli- 
dir. So‘zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan 
uyg‘unlashgandir. Ilk so‘zlar muayyan narsalarga taalluqli bo‘lib, 
umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas (soat deganda faqat de- 
vorda osilib turadigan soatlar tushuniladi). So‘z bola xulqining 
umumiy ko‘rinishidan joy oladi va u imo-ishora, qo‘l harakatlari, 
qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so‘zli fikmi 
bildirishga olib keladi («Хауг», «Ber».; «Ol»).
Ilk so‘zlaming paydo bo‘lishi bolani rivojlantirishning ijtimoiy 
vaziyati o‘zgarganidan dalolat beradi.'Endi bolaning o‘zi o‘z istak- 
xohishlarini ma’lum qilishi mumkin, kattalar esa og‘zaki ko‘rsatmalar 
yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘Iadilar.
Bolaning bu yoshda o‘zini-o‘zi anglab yetishini imga nisbatan kat- 
talaming munosabati in’ikosi deyish mumkin. 0 ‘ziga nisbatan ijobiy 
munosabat - shaxsning normal rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. 
0 ‘ziga nisbatan salbiy munosabat esa - bolaning ilk yoshda kattalar 
bilan emotsional-ijobiy muloqoti kam bo‘lganligi natijasidir.
Bola bilan muloqot u bilan hamkorlik asosiga qurilishi lozim. 
Doimo kattalarning biron narsani majburlashlari bolada faol tadqiq 
etish va bilishga intilishni emas, balki sustlik, faqat atrof-muhitga 
moslashish istagini shakllantiradi.
3. 
Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Ilk yosh 
(1-3 yosh). Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda bola rivojla-
74


nishiga oid ijtimoiy vaziyat sezilarli darajada o‘zgaradi. 0 ‘z yaqinlari 
bo‘lmish kattalar bilan birgalikda bolaning muloqot doirasiga birin- 
chi navbatda kichkintoyning diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlikka bo‘lgan 
ehtiyojini qondirishi lozim bo‘lgan boshqa kattalar (maktabgacha 
ta’lim muassasalari xodimlari, tarbiyachi yordamchisi) ham kirib kela 
boshlaydilar. Bunday sharoitda ilk yoshdagi bolalarda kattalar bilan 
narsalar, o'yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakat­
lar xususida muloqot qilishga ehtiyoj oshadi.
Bu yoshdagi bolada kattalar bilan emotsional va amaliy aloqalar 
o‘matish qobiliyati rivojlanadi, bu unga yangi hayotiy shart-sha- 
roitlarga moslashishga: so‘zlar, iltimoslarni baholovchi fikrlami v a . 
boshqa kishilaming emotsional munosabatlarini to‘g‘ri qabul qilishga 
yordam beradi.
Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bilan uning 
«bola - katta yoshli odam» munosabatlar tizimidagi emotsional alo- 
qdariga «bola - tengdoshlar» munosabati ham qo‘shiladi.
Bola hayotining uchinchi yilida kichkintoylar bir-birlariga faol ■
ta |lid qila boshlaydilar, o‘zlarini ko‘rsatishga intiladilar va shu bi­
lan birga o‘ziga nisbatan munosabatni his qila boshlaydilar, dastlabki. 
nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi. 
;
Ilk yoshdagi bolalarda bolalar jamiyati endigina shakllana bosh- 
laydi. Ular bo‘sh vaqtlarining ko‘p qismini bir-birlariga yaqin turgani 
holda asosan yolg‘iz o‘yinlarda o‘tkazadilar. Bolalar tashabbusi bi­
lan vujudga keladigan o‘yin jamiyatlari - diadalar (ikkitadan bo‘lib> 
o‘ynash) barqaror emas.
Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi emotsional jihatdan yorqin bo‘yoq- 
larga bo‘yalgan bo‘lib, u yaxshi bola bo‘lish, kattalaming talablariga ja­
vob berish, ularning ma’qullashlariga erishishga intihsh bilan bog‘liqdir.
Bola hayotining o‘zga yili nihoyasida bolalar o‘zlariga nisbatan 
umumiy baholami beradi: «yaxshi», «katta» va boshq.
Uch yoshga kelib «men» tizimi vujudga keladi. U bolaning o‘z 
ismi orqali («men Yulduzxonman», «men Kamronbekman») o‘zining 
qaysi jinsga mansubligi haqidagi tasavvurlarini (o‘g‘il bola, qiz bola), 
ma’qullash, tan olishlariga («men yaxshiman») va mustaqillikka ehti­
yojini («men o‘zim») o‘z ichiga oladi.
75


Maktabgacha ta’lim muassasasida moslashish davrining yaxshi 
o‘tishi uchun tarbiyachi guruhda bolalar uchun emotsional jihat­
dan qulay muhitni ta’minlashi zarur. Katta yoshli odam o‘z hissi- 
yotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar ekan, u bu bilan bolani yax­
shi ko‘rishini va uning uchun qayg‘urishini, uning tashvishlariga 
sherik bo‘lishga tayyor ekanligini tushunishga undaydi. Bolaning 
ham ijobiy (quvonch, zavq-shavq va boshq.), ham salbiy (qo‘rquv, 
tashvish, arazlash va boshq.) his-tuyg‘ularini erkin ifoda qilishiga 
ko‘maklashadi.
Ijtimoiy xulq-atvor va muloqotning axloqiy negizi bolaning emot­
sional sohasi orqali shakllanadi.
Tabiiy ravishda vujudga keladigan va ataylab yaratiladigan, kat­
ta yoshli odam bolaning yordami, g‘amxo‘rligi va diqqat-e’tiboriga 
muhtoj bo‘ladigan turli vaziyatlardan foydalanish zarur. Bunday 
vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg‘ularini samimiy ravishda 
namoyon qiladi, bolaga ham ijobiy, ham salbiy emotsiyalami ifoda- 
lash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Uyushtirilgan birgalikdagi harakatlarda pedagog har bir bolaga 
erishilgan muvaffaqiyatlardan xursand bo‘lish, zavqlanish imko­
nini beradi, bolaning har bir mustaqil sa’y-harakatlarini qoilab- 
quvvatlaydi va rag‘batlantiradi, bola qiynalib qolsa unga sez- 
dirmasdan yordam beradi, ayni paytda unga salbiy baho berishdan 
o‘zini tiyadi.
Salbiy baholar bolaning boshqa bolalar bilan o'zaro munosabat- 
lariga ta’sir qiladi va bu hoi guruhda emotsional jihatdan noqulay 
muhitni yuzaga keltirishi mumkin.
Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yax­
shi harakatlariga ijobiy baho berib borishi darkor.
Katta yoshli odam bolada o‘ziga nisbatan qiziqish, birgalikdagi 
faoliyatda, o‘yinlarda ishtirok etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu 
maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar, she’rlardan olingan 
holatlami o‘yin vaziyatlariga qo‘shadi.
Bolalar bilan bunday mazmunli muloqotda ular bilan tarbiyachi 
o‘rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar shakllana boshlaydi va 
bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi.
76


Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi 
ko'rsatkichlariga ega bo‘ladi:
- vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin