28
Alisher Navoiy ijtimoiy kelib chiqishi, mavqeidan qat'i nazar, insonni ulug‘la-
di. Inson deya atalmish xilqatga buyuk hurmat bilan qaradi. Axloqiy va insoniy
fazilatlarni o‘zining asarlarida madh etdi. Yaxshilarga qo‘shilish, yaxshilar suh-
batida bo‘lib, har vaqt xushmuomalalik, oliyjanoblik va insoniylik bilan xalqning
hurmatini qozonish mumkinligini kuyladi.
Navoiy din-u diyonatni mahkam ushlagan, bu yo‘ldan aslo adashmagan ulug‘
siymo edi. U imon, insof, diyonat, saxovat, muruvvat kabi insoniy qadriyatlarga
hamisha amal qilib yashadi. Boshqalarni ham shunga da’vat qildi. Butun hayoti
va faoliyatini inson baxt-saodati, xalqning farovonligiga bag‘ishladi.
Ayniqsa, Navoiy vazirlik davrida butun kuchini mamlakatda tinch-
lik va osoyishtalik o‘rnatishga, uni yanada obod qilishga sarfladi. Muar
-
rix Xondamir Alisher Navoiy Xurosonda 52 ta rabot, 20 ta hovuz,
16 ta ko‘prik, bir qancha masjid-madrasa, to‘g‘on, ariq, hammom va boshqa
maishiy binolar qurdirganini qayd etgan.
Navoiy davrida Hirot katta madaniy markazga aylandi, ilm-fan, ma’rifat gul-
lab yashnadi. Mutafakkir shoir xalqni o‘ylab, uning baxt-saodati uchun fidoyilik
ko‘rsatishni eng ibratli turmush deb bilgan. U xalqqa qilingan yaxshilik, aslida, uni
qilgan kishiga ko‘proq foyda keltirishini quyidagi misralarda go‘zal ifodalaydi:
Naf yetkurmakka shior aylading,
O‘zungga ul nafni yor aylading.
Nafing agar xalqqa beshak durur,
Bilki, bu naf o‘zungga ko‘prak durur.
1. “Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy nafaqat hassos shoir, balki xalqning
g‘amini o‘ylagan yurtparvar inson sifatida ham barhayot” degan fikrni asoslang.
2
. “Naf yetkurmakka shior aylading”
deb boshlanuvchi to‘rtlikni diqqat
bilan o‘qing. Tushunganlaringiz asosida “Mening mahalladagi o‘rnim” mavzusi-
da esse yozing.
3. Nima uchun mahalla ibrat maskani deyiladi? Mahallangizda qanday ibratli
ishlar amalga oshirilmoqda?
4. “Mahallamning obodligida mening o‘rnim” mavzusida o‘zingiz bajara
oladigan takliflar va ularni amalga oshirish rejasini ishlab chiqing.
?
Dostları ilə paylaş: