78
Genetika
7. Xromosomalarni xaritalashtirishni.
8. Genlarning o‘zaro ta ’sirini.
Irsiylanish tiplari, ularning xarakterli belgilari.
I. Autosoma dom inant tipida irsiylanish
(A — D) — autosoma-
larda joylashgan dominant genlarga bog‘liq. Misollar: sochning jin-
galakligi, ko‘z qoraligi, miopiya, braxidaktiliya, polidaktiliya, Rh+,
IA, IB qon guruhlari va boshqalar. Harakterli belgilari: 1.
Belgi har
ikkala jinsda bir xil chastotada uchraydi. 2. Belgi hamma avlodlar-
da kuzatiladi (vertikal, gorizontal irsiylanadi). 3.
Kasal bolaning
tug‘ilish ehtimoli 50% dan 100% gacha. 4. Penetrantligi va eks-
pressivligiga qarab ayrim avlodlarda
kuzatilmasligi mumkin
(21-
rasm).
21-r a s m.
Autosoma —
dominant tipida irsiylanish.
II. Autosoma — resessiv tipda irsilanish (A — R )
— autosoma-
da joylashgan resessiv genlarga bog‘liq. Misollar:
albinizm, cha-
paqaylik, ko‘k ko‘z, silliq soch, fenilketonuriya, Rh-, I0
qon guruhi
va boshqalar.
Xarakterli belgilari:
1. Kasallik yoki belgi avlodlarda
kam kuzatiladi. 2. Kasallik yoki belgi gorizontal irsiylanadi (ayrim
oilalarda ko‘p
uchrashi mumkin, hamma avlodlarda ham kuzatil-
maydi). 3. Qarindoshlar nikohidan kasal bolalar ko‘p tug‘uladi.
4. Ayollarga
va erkaklarda bir xil
chastotada uchraydi.
5. Irsiylanishga penetrantlik va ekspressivlik ta ’sir qilishi mumkin.
6. Kasal ota yoki onadan sog‘lom bola tug‘ulishi mumkin. 7. Sog‘
geterozigotalardan 25% kasal bolalar tug‘ulishi mumkin
Dostları ilə paylaş: