Izlanishlar, yechimlar


ta transversal (tayanch) kompetensiyalarni shakllantirish oʻquv  dasturlarida koʻzda tutilgan



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

 
7 ta transversal (tayanch) kompetensiyalarni shakllantirish oʻquv 
dasturlarida koʻzda tutilgan.
 
Bu - bilim va koʻnikmalar, qadriyatlar, munosabat 
va irodadan iborat yaxlit tushuncha. Qobiliyat – bilim va koʻnikmalarni vaziyatga 
qarab ishlata olish imkoniyatini anglatadi. Umumiy maqsad esa, oʻquvchilarning 


122
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
shaxs sifatida rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, demokratik jamiyat va barqaror 
hayotda faol ishtirok etishlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni shakllantirish 
hisoblanadi. 
Finlyandiya umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquv dasturida quyidagi 
7 ta transversal (tayanch) kompetensiyalar koʻzda tutilgan. Bu kompetensiyalar 
tillarni oʻqitishda ham
 
yoʻnalish xususiyatlariga bogʻliq ravishda shakllantiriladi.
1. Fikrlash va oʻrganish qobiliyati - (T1)
2. Madaniy-kommunikativ kompetensiya – (T2)
3. Kundalik kompetensiya - (T3)
4. Koʻp tomonlama savodxonlik – (T4)
5. Raqamli savodxonlik kompetensiyasi – (T5)
6. Mehnat faoliyati va tadbirkorlik koʻnikmalari – (T6)
7. Barqaror kelajakka hissa qoʻshish, taʼsir etish va qatnasha olish 
 
qobiliyati-(T7)
Oʻzbekiston Milliy oʻquv dasturida maktab bitiruvchilarida til va adabiyot 
fanlari boʻyicha rivojlantiriladigan umumiy kompetensiyalar belgilanmoqda. 
Ular “Nutqiy kompetensiyalar” (Ogʻzaki nutq malakasi va Yozma nutq malakasini 
“Anglash malakasi”, “Oʻqish va tushunish”, “Tinglab tushunish”) hamda “Lngvistik 
kompetensiyalar” (Lingvistik malaka: fonetika, imlo, leksikologiya, morfologiya, 
sintaksis) orqali shakllantirish koʻzda tutilgan. 
Finlyandiya maktablarida oʻquvchilar til koʻnikmalari va milliy madaniyati 
hisobga olinadi. Maktab boshqa ona tilida soʻzlashadigan va boshqa madaniyatga 
mansub boʻlgan oʻquvchilar uchun oʻrganish va muloqot qilish imkoniyatlarini 
yaratishi kerak. Oʻqituvchilar oʻz fanini fin va shved tilida bera olishi lozim. Barcha 
koʻrsatmalar umumiy oʻrta taʼlim uchun oʻquv dasturida belgilangan umumiy 
maqsad va prinsiplarga muvofiq boʻlishi koʻzda tutiladi. Maqsad – oʻquvchilarni 
turli tillar va madaniyatlarni qadrlashga oʻrgatish, ikki tilli va koʻp tillilikni 
targʻib qilish, shu orqali oʻquvchilarning lingvistik bilimlari va metalingvistik 
koʻnikmalarini mustahkamlash hisoblanadi. 
Dastur fin va shvedlarning milliy tillar maqomini va fin tilining aholining 
koʻpchilik qismi tili hamda taʼlim jarayonining asosiy tili maqomini tasdiqlaydi. Fin 
tili nafaqat oʻrganish obyekti, balki turli fanlarni oʻrganish vositasi hamdir. Oʻqitish 
va oʻrganish orqali kerakli bilim va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Hamkorlik “Fin 
tili va adabiyoti”, “Fin tili va adabiyoti ikkinchi davlat sifatida” dasturlarini hamda 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin