rat. Bu tadbir konserva tarkibida mavjud bo‘lgan tur-
li kasallik qo‘zg‘atuvchi sporalami yo‘q qilib tashlash
va shu bilan birga mahsulotning
oziqaviy qiymatini va
organoleptik xususiyatini saqlab qolishdan iborat.
Sterilizatsiya qilingan konservalar zudlik bilan
30-40°C gacha sovutiladi. Shu suv bilan yuviladi, ust-
ki
qismi quritiladi, talab etiladigan blanka (hujjatlar)
to‘ldiriladi va omborga yoki sotuvga jo ‘natiladi.
B aliq konservalarining asosiy turlari
Baliq konservalari tayyorlash texnologiyasiga ko‘ra
bir qancha tur va guruhlarga bo‘linadi. Masalan, tabiiy
holda tayyorlangan konservalar; pomidor sousi solingan
konservalar; moyli konservalar; pashtetlar (baliq qiy-
masi); pastalar va sabzavotlar qo‘shilgan konservalar
shular jumlasidandir.
Tabiiy holda tayyorlangan
konservalarni tay-
yorlashda minimal darajada mahsulot sifatiga, uning
ta’miga
ta’sir
qilinadi.
Bunday
mahsulot
ham
nonushta,
ham zakuska, yoki quyuq ovqat sifatida
muhim ahamiyat kasb etadi. Ulaming asosiy turlari:
1. 0 ‘z sharbatida (sardagida, sokida) tayyorlangan
konservalar.
Ular asosan, osyotra, lasos, paltus, stavrida
kabi baliqlardan tayyorlanadi. 2. 0 ‘simlik moyi qo'shib
tayyorlanadigan konservalar. 3. Jeleli baliq konservalari
(okun, ugra, salaka, sibir sigi kabi baliqlardan
tayyorlanadi).
Pom idor sousi baliq konservalari. Bu gu-
mh asosan barcha turdagi pomidor sousi qo‘shib
tayyorlangan konservalardan iborgt.
Shuningdek, bi-
roz qovurilgan va blanshirovka qilingan mahsulotlar va
pashtetlar ham kiradi.
Tayyorlash. Bo‘laklangan baliq go‘shtlari oldin
o‘simlik moyida biroz qovuriladi yoki blanshirovka
qilinadi. Bankalarga taxlanadi.
Ustidan pomidor sousi
203
www.ziyouz.com kutubxonasi
solinadi, ziravorlar ham qo‘shiladi. Bankalarga solingan
sous baliq vaznining 10-30% ni tashkil etadi, ayrim
hollarda iming zich qismi 90-70% gacha bo‘lishi
tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: