Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Q o ‘y va echkilarni g o ‘shtga boqish



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Q o ‘y va echkilarni g o ‘shtga boqish
Qo‘y va echkilar asosan yaylovda yayratib boqish 
asosida bo‘rdoqiga boqiladi. Bundan asosiy maqsad 
sermoy qo‘y va echki go‘shti yetishtirish hisoblanadi. 
Bo‘rdoqiga semirtirish uchun asosan so‘yishga reja- 
lashtirilgan qo‘y va echkilar belgilanadi. Bo'rdoqiga 
boqish 
samaradorligi 
hayvonlaming 
yoshi, 
zoti, 
jinsiga b o g iiq boiadi. Binobarin, poda tashkil etishda 
hayvonlaming barcha ko‘rsatgichi (yoshi, zoti, jinsi, 
oriq-semizligi va h.k.) Jihatidan bir xil yoki o'xshash 
boiishi maqsadga muvofiqdir. Yaylovdagi yashil 
o ‘simliklar serobligi, hamda hayvonlarga mineral tuz 
va vitaminlar qo‘shib berish bo‘rdoqiga boqilayotgan 
qo‘y va echkilaming tez semirish imkonini beradi. 
Yaylovda boqilayotgan hayvonlar sutkasiga uch marta 
sug‘oriladi.
Qo‘y va echkilami yaylovda yayratib bo‘rdoqiga 
boqish muddati 3 oy etib belgilangan. Bu davrda har 
bir qo‘y yoki echki o‘z vaznini o‘rtacha 30 foizga 
oshiradi. Yaylovda go‘shtga semirtirish ishlari asosan
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qozog‘iston va Markaziy Osiyo respublikalarida qo‘l- 
lanadi. Yaylovda bo‘rdoqiga boqish uchun eng yaxshi 
vaqt bahor oylari hisoblanadi. Bu davrda barcha 
hayvonlar to‘la uzluksiz ko‘kat bilan ta’minlanishi talab 
etiladi.
M ollarning sem izlik darajasini aniqiash
Mollami semirtirish jarayonida moy to‘qimalari 
hayvon tanasining ayrim qismlarida yig'ila boshlaydi. 
Dastlab dumining tanaga birikkan yerida, so‘ng 
dumg‘aza qismida, so‘nggi ikki qobirg‘asida, oyog‘i- 
ning yuqori qismida, hamda ko‘krak va yelka qismida 
moy to‘plami yig'iladi. Hayvonning semirish darajasiga 
ko‘ra uning tanasidagi moy to‘qimasi ko‘paya boradi. 
Shuningdek, teri ostida ham moy qatlami qalinlashadi. 
Mollaming semizlik darajasi ulaming tashqi qiyofasiga 
qarab, ko‘z bilan chamalash va qo‘l bilan ayrim 
qismlarini ushlab ko‘rish yo‘li bilan aniqlaniladi. 
Hayvonning ko‘kragiga, yelka qismi, qomiga, kuragi 
va son qismiga alohida e'tibor beriladi.
Qo‘y va echkilaming semizlik darajasini aniqlashda 
asosiy e'tibor yelka muskulaturasiga, dumg‘aza qismi 
va qobirg‘alariga, dumbali qo‘ylaming dumbasining 
vazniga va shakliga qaratiladi. Hayvonlar chamalab 
ko‘rilgach, go‘shtdorligi jihatidan talab darajasida 
bo'lsa, ular gumhlab kushxona yoki go‘sht kombinatiga 
jo ‘natiladi.
Davlat standarti (GOST 5110-55) talabiga ko‘ra, 
qoramollar yoshi va jinsiga ko‘ra 4 ta gumhga boTi- 
nadi. 1. Ho‘kiz va sigirlar. 2. Buqalar. 3. Yoshi 3 oydan 
3 yoshgacha boTgan novvoslar. 4. 14 Kunlikdan 3 oy- 
gacha boTgan buzoqlar.
Semizlik darajasiga ko'ra mollar 3 ta kategoriyaga 
boTinadi. 1. Yuqori. 2. 0 ‘rta. 3. 0 ‘rtadan past. Yosh 
novvoslar va buzoqlar I va II kategoriyaga boTinadi.
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q o‘y va echkilar ham semizligiga ko‘ra yuqori, 
o ‘rta va o‘rtadan past kategoriyaga boiinadi. Ulaming 
semizligini aniqlash davlat standarti (GOST 5111-55) 
talablari asosida amalga oshiriladi. Dumbali qo‘ylaming 
dumbasini kattaligi ulaming semizlik darajasidan 
dalolat beradi. Oriq qo‘ylaming dumbasi hech qachon 
katta hajmga ega boim aydi.
Echkilaming semizligini aniqlashda ham ulaming 
muskulaturasi jadal rivojlanganligiga alohida e'tibor 
beriladi. Oriq echkilaming suyaklari bo‘rtib chiqqan va 
muskullari rivojlanmagan boiadi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin