Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Elektronarkoz yordamida hushsizlantirish



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Elektronarkoz yordamida hushsizlantirish 
usuli 
ham mavjud bo‘lib, u keng qoMlaniladi. Bunda elektr 
toki hayvonning boshi, bo‘yni va oldingi oyoqlaridan 
yuboriladi. Yosh hayvonlami hushsizlantirish uchun 
70-90 volt, yirik katta yoshlilari uchun 100-120 volt 
quvvat va 6-12 sekund vaqt talab etiladi. Elektr toki 
ta'sirida hushsizlantirilgan mol boks (kichik xonajning 
ichiga yiqiladi, so‘ngra boks ochiladi va hayvon so‘yish 
va nimtalash sexining poli ustiga tushadi va uning orqa 
oyoqlari zanjir bilan bog'lanib, qonsizlantirish relsi (te- 
mir osmajga ko‘tariladi.
36
www.ziyouz.com kutubxonasi


H ayvonlarni so ‘yish va qonsizlantirish
Mollami so'yish va tanasini nimtalash ishlari 
qushxona, muzxonali kushxona va go‘sht kombinatlari- 
da olib boriladi. Go‘sht kombinatlari mol so'yilgach, 
uning go‘shtiga to‘liq ishlov beriladigan korxona 
hisoblanadi.
Mollami kushxona yoki go‘sht kombinatiga olib 
kelishda barcha, turli xil sharoitlar, ulaming salomat- 
ligi, so‘yish oldidan ulami boqish, go‘shtini ishlash 
tartibi, so‘yiladigan hayvon go‘sht sifatiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. 
So‘yish 
uchun 
keltirilgan 
hayvonlar 
yaxshi parvarish qilingan, oziqlantirilgan, yo‘lda to- 
liqib qolmasligi va vazni pasayib ketmasligi lozim. 
So‘yiladigan mollaming salomatligi yaxshi bo‘lishi 
talab etiladi. Aks holda, uning ba’zi bir kasalligi 
inson uchun ham xavfli hisoblanadi. Hayvon kasalligi 
asosan ikki xil turda uchrashi mumkin. Birinchisi 
mikroorganizmlar tomonidan vujudga kelsa (sibir ya- 
rasi, manka, oqsil kasali, brutsellyoz, sil va boshqalar), 
ikkinchisi gijjalardan kelib chiqadigan invazion (finnoz, 
trixinoz kabi) kasalliklar hisoblanadi.
Kushxona yoki go‘sht kombinatiga so‘yish uchun 
olib kelingan hayvonlar avval mol bazasiga yuboriladi, 
u yerda mollar qabul qilinib, veterinariya vrachi 
tomonidan tekshiriladi. So‘ngra hayvonlar turi, jinsi, 
yoshi va oriq-semizligiga qarab gumhlarga ajratiladi 
va so‘yish oldidan asraladigan bazaga o ‘tkaziladi. Bu 
yerda qoramol va qo‘y-echkilarga so‘yishgacha bir kun, 
cho‘chqaga esa 12 soat oziq berilmaydi va hayvonlarga 
so‘yishdan oldin dam beriladi.
Hayvonlarga so‘yishdan oldin oziq berilmasligiga 
asosiy sabab ulaming oshqozon-ichak yo'lini tozalash- 
dan iborat. Aks holda go‘sht nimtalanayotganda 
ifloslanishi yuz berishi mumkin.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


So‘yishdan oldin charchagan mollarda qonning 
oqib chiqishi qiyinroq bo'ladi, bimdan tashqari, ichki 
organlarida mikroorganizmlar to'planadi va ular ichak- 
dan qonga va qon orqali organizmga tarqalishi mumkin. 
Binobarin, hayvonlarga dam berish ko‘p ijobiy natija 
beradi. Bundan tashqari, charchagan molning go‘shti 
sifatsiz bo‘ladi.
Hayvonlami qabul qilishda ular orasida kasallari 
bo‘lsa, yoki gumon qilinganlari izolyatorga yuboriladi, 
yoki ular sanitariya kushxonasida so‘yilishi mumkin. 
Kasalligi gumon qilingan mollar asosan karantinga qo‘- 
yiladi.
Qoramol, qo‘y va cho‘chqalami so‘yish tartibi 
asosan bir xil bo‘lib, faqat ayrim bosqichlari bilan bir- 
biridan farq qiladi.
Qoramollami so‘yish tartibi quyidagicha amalga 
oshiriladi: molni hushsizlantirish (karaxtlash), qonsiz- 
lantirish, terisini shilish, ichki organlarini olish, 
tanani teng ikkiga bo'lish, nimtalami tozalash, hamda 
tamg‘alash (muhrlash)dan iborat.
So‘yilgan molning quloq, bumn va lablari atrofidagi 
terisi kesib olinadi, so‘ng bosh terisi o ‘ng burun 
katagidan chap shoxgacha shilib olinadi. Tomog‘idagi 
kesik pastki labidagi halqasimon kesikkacha yetkaziladi 
va boshining qolgan qismidagi terisi shilinadi, so‘ngra 
birinchi bo‘yin umurtqasi bilan ensa suyagi orasidan 
kesilib, bosh tanadan ajratiladi.
Qonsizlantirish. Mollar yotqizilgan yoki osib 
qo‘yilgan holda qonsizlantiriladi. G o‘sht kombinatlarida 
asosan mollami osib, vertikal usulda qonsizlantirish 
usuli qo‘llaniladi. Qoramollaming tanasidan vazniga 
ko‘ra 4,2 foiz qon chiqsa, u qonsizlantirilgan bo'ladi. 
Lekin bu miqdor hayvon tanasidagi umumiy qon 
miqdorini 40-65 foizini tashkil etadi. Qonsizlantirish 
ishlari 6-8 minut davom etadi.
38
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin