torga uzatiladi va so‘yiladi. So‘yiladigan hayvonlar
25-50 boshdan qilib mol saqlash xonasiga kiritiladi
va
unda elevatorga uzatilib, ulami orqa oyog‘idan
zanjir moslamalarga biriktiriladi. Konveyer usulida
harakatga keltiriladigan elevatorga osilgan hayvonlar
o‘z navbati bilan birin-ketin so‘yila boshlanadi. Bunda
hayvonlaming bo‘yin (jag‘ osti)
qismidagi vena qon
tomiri ingichka o‘tkir qirrali pichoq bilan kesib
yuboriladi.
Hayvonlami
tezroq
qonsizlantirish
maqsadida
ulaming arteriya qon tomiridan va yuragining o ‘ng
qorinchasidan pichoq yordamida qoni chiqarib yubo-
riladi. Qizilo‘ngachni jarohatlamay (kesib yubormas-
dan) barcha qon maxsus idishga olinadi.
Dastlabki ikki minut
davomida olingan qon toza
hisoblanib, undan albumin tayyorlanadi. Ifloslangan
qondan esa hayvonlar uchun qon uni tayyorlashda
foydalaniladi. Qonsizlantirish uchun bo‘yinni kesib
tashlashga mxsat berilmaydi.
Qonsizlantirish tugagach
bosh qismi tanasidan kesib olinadi. Boshidan tili kesib,
sug‘irib olingach bosh qismi qayta ishlash (tozalash)
uchun maxsus sexga jo ‘natiladi.
Q o ‘y va echki g o ‘shti sifatini baholash ham da
to ‘shini m uhrlash
Qo‘y va echki go‘shti
davlat standarti talablari
(GOST 1935-55) asosida baholanadi. Shunga bino-
an, ular semizligi va go‘shtdorligiga ko‘ra ikkita kate-
goriyaga bo‘linadi.
I kategoriya talabi: muskulaturasi qoniqarli dara-
jada rivojlangan. Umurtqa pog‘onasi o‘simtalari qisman
boTsa-da
sezilib turadi, yelka va tanasining yuza qismi
teri osti moy qavati bilan qoplangan boTadi.
II kategoriya talabi: muskulatura tuban rivojlangan
boTsa, umurtqa pog‘onasi, qovurg‘alari bo‘rtib turadi.
43
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tanada moy bo'lmaydi yoki nihoyatda oz miqdorda
bo'lishi mumkin.
Yuqoridagi ikki kategoriya talabiga to‘g‘ri kelma-
gan qo‘y va echki go‘shti standart
talabiga binoan oriq
go'sht hisoblanadi. Sanoat korxonalarida qayta ish-
lash maqsadida yuboriladigan to‘shlar ichidan buyrak
va yog‘i olinadi. Agar iste'mol uchun bo‘lsa u qol-
diriladi. I kategoriyali qo‘y va echki go‘shtiga 1 ra-
qami, II kategoriyali bo‘lsa 2 raqami va oriq bo‘lsa 3
raqami bosiladi. I kategoriyali to‘shga
yumaloq muhr
bosiladi. II kategaoriya bo‘lsa to‘rtburchak va oriq
go‘shtga uchburchak muhr bosiladi. I kategoriyali qo‘y
to‘shining 5 ta yeri (bittadan kurak qismiga, bittadan
son qismiga va bir marta ko'krak qismi)
ga muhr
bosiladi, II kategoriya bo‘lsa 4 ta muhr bosiladi. Oriq
to'shga 1 marta muhr bosiladi.
Echki to‘shiga ham qo‘yniki kabi muhr bosib
kolbasa va konserva tayyorlash uchun jo ‘natiladi. Ayrim
hollarda qadoqlab sotuv korxonalariga jo ‘natiladi.
Dostları ilə paylaş: