I I I B OB . SO‘YILGAN MOLLARNING GO‘SHT
TO‘QIMASI, SKELETI VA MUSKULATURASI
G o‘sht sanoati va savdo tarmoqlarida «go‘sht» de-
yilganda molning nimtalangan tanasi tushuniladi.
Morfologik tarkibi jihatidan olinganda go‘sht mol tana-
sining muskul to‘qimasi,
skelet suyaklari, yog‘, qon va
limfa tomirlaridan iboratdir. Shunday qilib, go‘sht - mol
tanasida o ‘zaro tabiiy nisbatdagi barcha to‘qimalaming
bir butun yig‘indisi hisoblanadi.
To‘qimalarning tuzilishi.
Go‘shtning asosiy to‘qi-
malari deyarli bir xil hujayra va hujayrasiz to'qima-
lar
kompleksi, epitelial (qoplovchi) to‘qima, muskul
(mushak) to‘qima, biriktiruvchi to‘qima va nerv to‘qi-
malaridan iborat. Go‘shtda epitelial va nerv to‘qimalar
nihoyatda oz bo'lganligi uchun go‘shtning
tarkibi va
oziqlik qimmatiga juda kam ta’sir etadi. Go‘shtdagi
asosiy to‘qimalar miqdori hayvon turi, yoshi, zoti, jinsi,
oriq-semizligi bilan bog‘liq holda bo‘ladi. Shuningdek,
bu to‘qimalaming tana qaysi
qismiga joylashganligi
ham muhim rol o ‘ynaydi.
Epitelial to‘qima
- teri to‘qimasi bo‘lib, u teri tarki-
biga kiradi va barcha organ va bo‘shliqlar (ovqat hazm
qilish, nafas olish organlari, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i
va boshqalar)ni qoplaydi. Ular bir yoki ko‘p
qatlamli
bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: