Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


G o ‘sht sifatini baholash va to ‘shni m uhrlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

G o ‘sht sifatini baholash va to ‘shni m uhrlash
Mol go‘shtining tovar sifatini aniqlash ishlari davlat 
standarti (GOST 779-55) talablari asosida olib boriladi. 
U «qoramol go‘shti, yarim va chorak qismlari» deb 
atalgani holda asosan veterinariya vrachlari nazorati 
ostida bajariladi. Umuman, iste'molga yaroqli bo‘lgan 
mol go‘shti ikki kategoriyaga bo‘linadi.
I kategoriya talabi: 
yirik mollaming go‘shti 
qoniqarli darajada rivojlangan, umurtqa pog‘onasi 
o‘simtalari bo‘rtib chiqmagan, dumg‘aza suyaklari 
ko‘zga tashlanib turmaydigan bo‘lishi kerak. Shuning- 
dek, teri osti moyi 8-nchi qovurg‘adan dumg‘azasiga 
qadar qatlam hosil qilsa va bo‘ynida, kuragi yuzasida, 
oldingi qovurg‘alarida, sonida, tos va chot qismida 
oz bo‘lsa-da moy qo‘shilmalari boTsa, u I kategoriya 
deb hisoblanadi. Yosh mollar go‘shti qoniqarli rivoj 
topgan, umurtqa pog‘onasi o ‘simtalari biroz boTsa-da 
bo'rtib chiqqan, kurak suyagi yuzasi, qovurg'alari, teri 
ostida yog‘ qatlami oz boTsa-da ko‘rinib tursa, ko‘krak 
qismida, sonining ichki qismida va dumining tanaga 
birikkan yerida moy boTaklari oz boTsa-da ifodalangan 
boTadi.
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


II kategoriya talabi: 
yirik mollarda muskulatura 
qoniqarli darajadan past, umurtqa pog‘ona o ‘simtalari, 
dumg‘aza suyagi bo‘rtib chiqqan va yaqqol ko‘zga 
tashlanib turadi. Teri osti moyi deyarli sezilarli darajada 
emas. Yosh mollar go‘shti sust taraqqiy etgan. Umurtqa 
pog‘onasi o‘simtalari, dumg‘aza suyagi yaqqol bo‘rtib 
chiqqan, moy parchalari deyarli sezilmaydigan boTsa 
mazkur kategoriyaga mansub deb topyladi.
Mol to‘shini muhrlash. 
Katta yoshli mollaming 
to‘shi 4 qismga boTingani holda muhr bosiladi. Vazni 
yirik boTmagan to‘shlar uzunasiga ikki (chap va o ‘ng) 
qismga boTingan holda muhrlanadi. Iste’mol uchun 
yoki qayta ishlash uchun jo ‘natiladigan mol to ‘shi 
veterinariya vrachlari tomonidan yana nazorat qilinadi. 
Go‘sht nimtalarini muhrlashda uning sifati, go‘shtdorlik 
darajasi, moy qatlami va uning miqdoriga qaraladi.
Muhrda respublikaning qisqartirilgan nomi, korxona 
raqami va «vet. Ko‘rigi» deb yozilgan boTadi. Muhr 
doira, to‘rt burchak va uchburchak shaklda boTib, 
kattaligi 4CM5-50 mm boTadi. U asosan bronzadan 
yoki zanglamaydigan va moy yopishib qolmaydigan 
metalldan tayyorlanadi. Muhrlashda gunafsha rang- 
li siyohdan va qizil rangli zaharsiz bo‘yoqdan foyda- 
laniladi. Iste’molga chiqariladigan go‘shtlar gunafsha 
rangli siyoh bilan muhrlansa, qayta ishlash maqsadi uc- 
hun jo ‘natiladigan go‘sht qizil rangli bo‘yoq yordamida 
muhrlanadi. I kategoriyali mol go‘shtiga yumaloq 
muhr, II kategoriyalisiga to‘rtburchakli va oriq go‘sht 
boTsa uchburchak muhr bosiladi. Go‘sht nimtalari 
muzlatgichlarda saqlanadi va jo ‘natishdan oldin taro- 
zilarda tortiladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin