1-mavzu: Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja



Yüklə 347,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix28.09.2023
ölçüsü347,59 Kb.
#150380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-mavzu (m-)

madaniyat moddiy
va 
ma’naviy madaniyatga
bo‘linadi. 
Madaniyat sohalari bo‘yicha quyidagicha tasnif qilinadi: 
1) Iqtisodiy madaniyat 
- bu soha ishlab chiqarish madaniyati, taqsimot madaniyati
ayirboshlash madaniyati, iste’mol madaniyati, boshqaruv madaniyati, mehnat madaniyati kabi 
turlarni o‘z ichiga oladi.
2) Siyosiy madaniyat
jamiyatda siyosiy madaniyat taraqqiyot ko‘rsatkichlari – 
shaxsning fuqarolik va siyosiy huquqlari borligidir.
 
3) Kasb mahorati madaniyati - 
insonlarning siyosiy manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini 
ifodalovchi siyosiy - huquqiy g‘oyalar majmuidir. 
4) Pedagogik mahorat madaniyati – 
ilmiy bilimlarni va axloqiy qadriyatlarni mazkur 
jamiyatdagi yosh avlodga etkazishdan iborat. 
5) Ekologik madaniyat – 
inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni qamrab oladi. 
Ko‘rinishlari bo‘yicha madaniyat quyidagicha tasnif qilinadi: 
1) Hukmron madaniyat – 
mazkur jamiyat a’zolarining ko‘pchiligi istefoda etadigan 
qadriyatlar, ishonch–e’tiqodlar, an’ana va urf–odatlardan iborat. 
2) Qishloq madaniyati – 
faqat qishloq joyda doimiy yashab, qishloq xo‘jaligi bilan 
mashg‘ul bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, hayot tarzi va boshqalardan iborat. 
3) Shahar madaniyati – 
yirik va qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan sanoat va 



ma’muriy markazdir. 
4) O‘rganish bo‘lib qolgan madaniyat – 
inson yashab turgan ijtimoiy va milliy muhitda 
kundalik hayot ko‘nikmalarini egallashdan iboratdir. 
5) Ixtisoslashgan madaniyat – 
fan, san’at, falsafa, huquq, din kabilarga oid bilimlarni 
to‘liq egallagan va o‘z sohalari bo‘yicha egallagan bilimlari orqali alohida guruhlarni tashkil 
qiladigan vakillarning kasb mahoratidir. 

Yüklə 347,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin