Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan
darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan
moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. «Madaniyat» tushunchasi muayyan tarixiy davr
(antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati), shuningdek, inson
faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat,
turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma’noda «madaniyat» atamasi
kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
«Madaniyat» arabcha Madina (shahar) so‘zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini
ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar.
Badaviylik — ko‘chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik —
shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlarga nisbatan
ishlatilgan. O‘rta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va boshqa
shahar turmush tarzini jamoaning etuklik shakli sifatida talqin qilganlar.
Evropada «madaniyat», ya’ni «Sultura» (bu atama lotin tilidan olingan bo‘lib, erni
ishlash, parvarishlash; ruschadagi «kultura» so‘zi ham shundan olingan) deyilganda dastlab
insonning tabiatga ko‘rsatadigan maqsadga muvofiq ta’siri, shuningdek, insonga ta’lim-tarbiya
berish tushunilgan. XVIII–XIX asrlarda evropaliklar «kultura» so‘zini ma’naviy – ruhiy
ma’noda ishlata boshlaganlar. Bu so‘z insoniy sifatlarning mukammalligini anglatadigan bo‘ldi.
«Kultura» atamasini birinchi marta fanga 1871-yili tarixchi va etnograf olim Eduard
Taylor (1832-1917) kiritgan. E. Teylor o‘zining ― «Первобытная культура» asarida:
«Madaniyat keng ma’noda kishining jamiyat a’zosi sifatida o‘zlashtirgan bilimi, e’tiqodi, san’ati, axloq-odobi, qonun-qoidalari va boshqa bir qator qobiliyatlari va odatlari yig‘indisidan tashkil topadi», deb ta’kidlaydi. Uning ko‘rsatishicha, o‘sha paytda bu tushunchaning bor -
yo‘g‘i 7 tagina ta’rifi bo‘lgan. Aslida madaniyat keng qamrovli va murakkab tushuncha
hisoblanadi.
Vaqtlar o‘tishi bilan «madaniyat» tushunchasining hajmi kengayib, ta’rifi va tavsifi
ko‘payib borgan. Amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonning 1952-
yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, madaniyat tushunchasiga berilgan ta’rif 164 ta bo‘lgan, so‘nggi
adabiyotlarda esa madaniyatning ta’rifi 400-500 dan ortiq deb ta’kidlanmoqda.
Madaniyat — faqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini
rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini rag‘batlantirishni ham o‘z ichiga olgan.
Madaniyat umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o‘zigina yaratgan
sof madaniyat bo‘lmaydi va bo‘lishi ham mumkin emas. Ishlab chiqarishning 2 asosiy turi —
moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishga qarab