1-mavzu: Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja



Yüklə 347,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix28.09.2023
ölçüsü347,59 Kb.
#150380
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-mavzu (m-)

Parfiya (Parfiyona) podsholigi
- mil. avv. taxm. 250-yilda Kaspiy dengizining janubiy va 
janubi-sharqiy tomonida (Turkmanistonning janubi-g‘arbiy tomoni va Eronning shimoli-sharqiy 
qismlari) vujudga kelgan kadimgi davlat hisoblanadi. Parfiyaliklar yozuvi oromiy alifbosi asosida 
vujudga kelgan. 
Parfiya podsholigi me’morchilik, amaliy va bezak san’ati
dastlab sharqiy ellin 
madaniyatining shoxobchalaridan biri sifatida rivojlangan. Keyinchalik Parfiya tarkibiga kirgan 
mahalliy xalqlarning badiiy an’analari bilan boyib taraqqiy etgan. Parfiyaning sharqiy qismida 
asosi kvadrat shaklidagi ibodatxonalar (Niso, mil. avv. II va mil. I asrlar), ayvonli saroylar 
(Ko‘hi Xo‘ja, Eron, I asr) qurilgan, binolar g‘arbdan keltirilgan marmar haykallar va mahalliy 
ustalar yasalgan terrakota haykallar bilan bezatilgan. Parfiya san’atini o‘rganishda ham tanga 
yuzasiga ishlangan 
bo‘rtma tasvirlar
keng o‘rinni egallaydi. Parfiyaning yirik shaharlaridan biri 
hisoblangan Niso (boshqacha nomi Parfnisa bo‘lib, u ikki tepalik Eski Niso va Yangi Niso 
iborat) alohida o‘rinni egallaydi. Mazkur ko‘hna shahar qoldiqlari hamda u erdan topilgan 
amaliy-dekorativ va tasviriy san’at
buyumlari o‘sha davr badiiy hayotini tushunishda bebaho 
daliliy material hisoblanadi.
Eski Niso (mayd. 14 ga) va Yangi Niso (mayd. 18 ga) Parfiya davrida qal’a va 
shahristondan iborat bitta shaharni tashkil etgan. Nisodan ibodatxona qoldig‘i, sopol haykalli 
hashamatli zal, podsho xazinasi va monumental uy-joy qoldiqlari ochilgan. Xonalardan biri 
to‘rtburchakli san’at koshonasi
bo‘lib, u ellinizm an’analari asosida qurilgan. Ushbu manzilda 
ochilgan 
«kvadrat uy»
o‘z tuzilishi va bezashda ishlatilgan 
dekorativ detallari
bilan diqqatga 
sazovordir. Nisodan topilgan kumush, fil suyagi, sopol buyum, idish, turli bezaklardagi 
tasvirlarning syujeti yunon afsonalari asosida, lekin kishilarning qiyofalari mahalliy xalqlarni 
eslatadi. Nisadan topilgan yodgorliklar ichida fil suyagidan shoxga o‘xshatib yasalgan idishlar - 
ritonlar
haqiqiy shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Yangi asrning boshlariga kelib, O‘rta Osiyo iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida jiddiy 
jonlanish boshlandi. Undagi qator madaniy markazlarda madaniyat va san’at borasida muhim 
yodgorliklar yaratildi. Shunday madaniy markazlardan biri Xorazm edi. 

Yüklə 347,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin