1-mavzu: Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja


axomaniylar davri me’morligi uslublari bilan



Yüklə 347,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix28.09.2023
ölçüsü347,59 Kb.
#150380
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
1-mavzu (m-)

axomaniylar davri me’morligi uslublari bilan 
birga, yunon (grek) san’ati an’analari mavjud.
Ayniqsa, binolarning 
dekorativ bezalishida
shu 
o‘ziga xoslik ko‘zga tashlanadi. 
Ellinizm davrida O‘zbekistonda mahobatli haykallar ham ishlanganligi ma’lum. 
Jumladan, Artemida Anaxita siymosida mujassamlashgan. Uning oltindan ishlangan haykallarida 
boshida nur sochib turgan toji bo‘lgan, bunday haykallar Baqtriyaning bosh ibodatxonasiga 
o‘rnatilgan. Bunday nur taratib turgan toj Demetriy tangalaridagi bo‘rtma tasvirlarda ham 
uchraydi. 
Zardushtiylik dinining yunonlarga ta’siri qadim davrlarda kuchli bo‘lganidek, ellinizm 
davrida ham bu ta’sir sezilarli edi. Ellinizm davrida, ayniqsa, zardushtiylik ta’limoti katta rol 
o‘ynadi. Dastavval ahdga sodiqlik, keyinchalik haqiqat uchun kurashuvchilar tomonida jang 
qiluvchi urush xudosi, buyuk hakam va nihoyat, yorug‘lik xudosi 
Mitra
ellinistik 
mamlakatlarda keng tarqaldi. Bu ma’bud hindlarda 
«Mitra»
, Avestoda 
«Misra»
, sug‘dlarda 
«Mishra»
deyilgan. 
Mil. av. 250-yillarda Salavkiylar podsholigidan ajralib chiqqan Baqtriya keyinroq 
Hindiston erlarining katta qismini o‘ziga qaratib olib, mil. avv. II asrgacha mavjud bo‘ldi. Bu 
davlatga greklar podsholik qilgani uchun uning nomi Yunon-Baqtriya deb yuritildi. Shu 
podsholikda grek san’ati ta’siri yaqqol seziladi. Yunon tarixchilari Yunon-Baqtriyani 
ming 
shahari bor o‘lka
deb ta’riflashgan. Bu, so‘zsiz, mamlakatda shahar qurilishi intensiv 
bo‘lganligini bildiradi. Haqiqatda ham bu davrda Yunon-Baqtriya erlarida mavjud shaharlar 
kengaytirildi, odamlar yashaydigan katta bo‘lmagan aholi punktlari shaharga aylantirildi. Yangi 
shaharlar aniq to‘rtburchak yoki kvadrat shaklida qurilib, atrofi qalin devor bilan o‘rab chiqildi, 
to‘rtburchaksimon minoralar bunyod etildi. Qurilgan binolarda serjilo “korinf orderi” keng 
qo‘llanildi. Yunon (Gretsiya) san’ati ta’siri shu davrda zarb etilgan tangalarda va ularga 
ishlangan bo‘rtma tasvirlarda ham seziladi.
Ellinizm numizmatika san’atida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Markaziy Osiyoga bo‘rtma 
tasvirli tangalarning kirib kelishi 

Yüklə 347,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin