1-mavzu: Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja



Yüklə 347,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/18
tarix28.09.2023
ölçüsü347,59 Kb.
#150380
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-mavzu (m-)

Ferdinand Paul Vilgelm Rixtgofen
o‘zining «Xitoy» nomli yirik ilmiy asarida 
ulkan Evroosiyo materigining turli qismlarini bog‘lovchi yo‘llar tizimini «Ipak yo‘li» deb 
atagan, keyinchalik «Buyuk Ipak yo‘li» atamasi qabul qilingan. «Buyuk» so‘zi yo‘lning juda 
ham uzun bo‘lganligini hamda juda ko‘p xalqlar taqdiriga aloqadorligini anglatadi. «Ipak» so‘zi 
esa yo‘lning asosan qimmatbaho mahsulot — Xitoy ipagi savdosiga xizmat qilganligini bildiradi. 
XIX asrning 2 – yarmiga qadar bu yo‘l 
«G‘arbiy meridional yo‘l»
deb atalar edi. 
Buyuk Ipak yo‘li haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 138-yilga to‘g‘ri 
keladi. Bunda xitoylik diplomat va sayyoh Chjan Syan (? – mil. avv. taxm. 103)ning xizmatlari 
muhim rol o‘ynaydi. Chjan Syan yurgan yo‘l bo‘ylab miloddan avvalgi II – I asrlarda Xitoy 
mamlakatini Markaziy va G‘arbiy Osiyo bilan bog‘lovchi jahon ahamiyatiga ega «Buyuk Ipak 
yo‘li» deb ataluvchi karvon yo‘liga asos solinadi. Umumiy uzunligi 12 000 km dan iborat
Buyuk Ipak yo‘li Xitoydagi Xuanxe daryosining o‘rta oqimida joylashgan 
Sian shahridan
boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan. Bu yerda yo‘l ikkiga ayrilgan. 
Sohibqiron Amir Temur Buyuk Ipak yo‘linining rivojlanishida katta rol o‘ynagan davlat 
arbobidir. U savdo yo‘llari orqali xalqaro hamkorlik va integratsion jarayonlarni tezlashtirish, el 
va davlat farovonligini ta’minlashni yaxshi anglab etgan. Shuning uchun ham Amir Temurning 
geosiyosat yo‘nalishida Buyuk Ipak yo‘li masalasi alohida ahamiyat kasb etgan. Amir Temur 
asrlar davomida Movarounnahr hududlaridan o‘tgan, ammo mo‘ng‘ullar davrida yo‘nalishlari 
birmuncha buzilgan Buyuk Ipak yo‘lining an’ana va yo‘nalishlarini qaytadan tikladi va 
rivojlantirdi. Buyuk Ipak yo‘lining eng so‘nggi rivojlanish davri ham Amir Temur va Temuriylar 
davriga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘l XVI asrdan e’tiboran o‘z ahamiyati va rolini yo‘qotib, tushkunlik 
sari yuz tutdi. 
 

Yüklə 347,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin