«Ming bir shahar mamlakati» deb atalganligi unda shaharlarning ko‘p bo‘lganligidan guvoxlik beradi.
Baqtriyada asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan. Mil. av. VI - IV
asrlarda Baqtriya madaniyati 2 uslubda taraqqiy etgan:
Birinchisi, ko‘proq ko‘chmanchi aholi madaniyati bilan bog‘liq bo‘lib, adabiyotda
«hayvon uslubi» (mehnat va jang qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlarini turli hayvonlar suratlari
bilan bezash) deb yuritiladi.
Ikkinchisi, o‘troq baqtriyaliklar madaniyati yodgorliklarida aks etgan (
qarang: Amudaryo xazinasi va b.). Baqtriya madaniyati, ayniqsa mil. av. 1-ming yillikning so‘nggi
asrlarida yuksalgan. Mahalliy xalq madaniyati yunon, hind va fors madaniyatlari an’analari
ta’sirida ham boyigan. Mil. av. II – I asrlarda ipakchilik va pillachilik rivojlangan (
qarang: Sopollitepa). Bu davrga oid me’morlik yodgorliklari, numizmatika materiallari, tasviriy va
amaliy san’at namunalari Termiz, Zartepa, Dalvarzintepa, Xolchayon va boshqa joylardan
topilgan.
Sak qabilalari madaniyati — Osiyoning (jumladan, O‘rta Osiyoning) dasht, cho‘l va tog‘
oldi hududlarida yashagan ko‘chmanchi aholi madaniyati. Sak tilida yozilgan eng qadimgi
manba – Olmaota atrofidagi
Issiq mozor qo‘rg‘onidan topilgan kumush idishdagi yozuv (26
belgi) bo‘lib, u mil. av. V asr bilan sanalanadi. Sak tillarida bitilgan hujjatlarning asosiy qismi
Sharqiy Turkistonning Xo‘tan vohasidan topilgan. Ular VII – X asrlarga oid.
Saklar yodgorliklaridan jez va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat buyumlari,
mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. Taniqli olim Bahodir Eshovning bergan
ma’lumotlariga ko‘ra sak qabilalari madaniyati skiflar madaniyatiga o‘xshaydi. Jezdan ishlangan
san’at buyumlarida ham yaqin xususiyatlar va katta o‘xshashliklar bor. Mustahkam madaniy
aloqalar ko‘chmanchilarni bir-birlari bilan bog‘lab turgan. Shuning uchun ham madaniy
an’analari va urf-odatlari ularning yashash sharoitidan kelib chiqib, bir-biridan uncha farq
qilmagan.
Axomaniy va ellin an’analari, san’ati va madaniyat yodgorliklari. Axomaniylar davrida
vujudga kelgan san’at O‘rta Sharq halqlari tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi. Bu san’at bevosita
O‘rta Sharqda yashagan xalqlarning yangi o‘zaro munosabati natijasida, atrofdagi xalqlar
madaniyati ap san’ati ta’sirida ravnaq topdi. Jumladan, Persepol va Suza saroylarini qurishda
Sug‘d, Baqtriya va Xorazmdan kelgan usta va san’atkorlar mehnat qilganliklari haqidagi
ma’lumotlar mavjudligi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga, Axomaniylar davri san’ati
atrofidagi mamlakatlar madaniyatiga, jumladan, O‘rta Osiyo madaniyatiga taraqqiyotiga ham
o‘zining sezilarli ta’sirini o‘tkazgan.
Axomaniylar tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olishi natijasida
oromiy yozuvi ham kirib
keldi. Ma’lumki, oromiy yozuvi va oromiy tili mil. av. VI – IV asrlarda yangi ossur va qadimgi
fors davrlarida butun G‘arbiy Osiyoda, hatto Misr, Kichik Osiyo va Hindistonda
devonxonalarning rasmiy yozuvi va tiliga — xalqaro aloqa vositasiga aylangan. Oromiy alifbosi
ham faqat undoshlarni ifodalovchi 22 harfdan iborat bo‘lgan.
Mil. avv. VI-IV asrlarda O‘rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda
Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan