Shu bilan birga san’at tushunchasining qo‘llanilishi
davriy bosqichlar, ya’ni muayyan tarixiy davrga nisbatan (ibtidoiy davr, antik, o‘rta
asrlar, uyg‘onish davri, hozirgi zamon san’ati);
ma’lum bir xalqning milliy belgilarga qarab (o‘zbek milliy san’ati, ispan san’ati, yapon
san’ati);
jahon («Jahon san’ati») va davlat (Germaniya san’ati, O‘zbekiston san’ati) miqyosida;
geografik joylashuv bo‘yicha (Evropa san’ati, O‘rta Osiyo san’ati).
«O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi» fani O‘zbekiston tarixini yanada mukammal
va chuqurroq o‘zlashtirilishiga ko‘maklashadi. Fanning o‘rganish predmetiga O‘zbekiston
zaminida uzoq o‘tmishdan to hozirgi kunga qadar xalqimizning madaniyat va san’at sohasidagi
yaratuvchanlik faoliyati va boy merosi kiradi. Fanni o‘qitishdan maqsad «O‘zbekiston
madaniyati va san’ati tarixi» fani to‘g‘risida talabalarda xolisona ilmiy dunyoqarashni, ko‘nikma
va malakani shakllantirishdir. Fanning vazifasi – O‘rta Osiyoda qadimdan vujudga kelib
shakllangan va hozirda ham davom ettirilayotgan madaniyat va san’at sohasidagi boy tajriba,
yutuqlar va taraqqiyot yo‘li, bu zaminda yaratilgan san’at asarlari, yodgorliklari va ularning
o‘ziga xos qirralarini yoritib berishdan iboratdir. Fanni o‘rganishda arxeologiya, antronologiya,
xranologiya, etnografiya, tarix, rasm va chizmachilik fanlarining roli kattadir. Ushbu fan
yoshlarni etika, estetika, nafosat, vatanparvarlik, vatanini sevish ruhida tarbiyalashda ham katta
ahamiyatga ega.
O‘rta Osiyo qadimgi madaniyati va san’atining o‘ziga xos xususiyatlari. Ma’lumki,
zardushtiylik (mil. avv. VII asr) dini mil. avv. I minginchi yillarda O‘rta Osiyoga yoyildi. Uning
muqaddas kitobi «Avesto» esa shu din qarashlarini targ‘ib etdi. Qadimgi O‘rta Osiyo
madaniyatini va san’ati o‘rganishda bizgacha saqlanib kelgan qal’a, saroy, turar joy va qabrlar
bilan birga zardushtiylar dini bilan bog‘liq bo‘lgan