Madaniyat paydo bo‘lishi va darajasiga ko‘ra quyidagi shakllarga ega: 1) Yuksak madaniyat – oddiy odamlar tushunishi qiyin, jamiyatdagi maxsus ijodkorlar
yaratgan madaniyat shaklidir. Bu madaniyat shakli nafis san’atni, mumtoz musiqani va
adabiyotni o‘z ichiga oladi.
2) Xalq madaniyati – ommaviy va xalq og‘zaki ijodi madaniyatini o‘z ichiga olgan
madaniyat shakllari bo‘lib, keng ommaning mehnati va turmushiga bog‘liq holda yaratilgan
qadimiy ijod namunalaridir. Xalq madaniyatining bu shakliga bugungi turmush tarzi, urf–odatlar,
qo‘shiqlar, fol’klor ansambllari, xalq og‘zaki ijodi janrlari – afsonalar, ertaklar, eroslar va boshqa
janrlar mansub.
3) Ommaviy madaniyat – baylanmilal va milliy ko‘rinishga ega bo‘lib, keng auditoriyaga
mo‘ljallangan, muallifi mavjud, odamlarning talab va ehtiyojlarini bir zumda qondiradigan har
qanday yangi hodisalarga ta’sir bildirib, ularni aks ettiradigan madaniyat shaklidir. Estrada, sirk,
radio, televidenie va boshqa ayrim musiqa turlari shu madaniyatga aloqadordir.
Bulardan tashqari,
badiiy madaniyat va
jismoniy madaniyat kabi kompleks ko‘rinishlar
ham bor. Mutaxassislar va havaskorlar yaratgan ijod namunalari badiiy madaniyatga mansub.
San’at ham badiiy madaniyatning bir qismidir. San’at –- arabcha, ish, mehnat; mahorat; kasb hunar degan ma’noni anglatadi. 1)
Umuman badiy ijod – adabiyot, arxitektura, haykaltorishlik, rassomlik, garfika, amaliy-bezak
san’ati, musiqa, raqs, teatr, kino va inson faoliyatining boshqa turlari. Ular voqealikni badiiy-
obrazli aks ettirish shakllari sifatida mushtaraklikka ega; 2)
Tor ma’noda – tasviriy san’at; 3)
Ko‘chma ma’noda — faoliyatning barcha sohalariga xos yuksak mahorat «san’at» deb
tushuniladi. Masalan, bahs yuritish san’ati, urush olib borish san’ati, rahbarlik san’ati, notiqlik
san’ati va h.k.
San’at – ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‘ziga xos shakli, umuman insoniyatni badiiy
ijodi. San’at qadimiy tarixga ega bo‘lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat
jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq holda vujudga kela
boshlagan. Ibtidoiy san’atning dastlabki izlari so‘nggi paleolit davriga, taxminan mil. avv. 40 –
20 ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali san’at inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida
ajralib chiqmagan edi. Chunki ma’naviyat moddiy ishlab chiqarish bilan qorishiq holatda edi.
Keyinchalik madaniyatning o‘sishi natijasida san’at alohida soha sifatida asta-sekin ajrala bordi.
San’at odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o‘z taraqqiyotining turli
davrlarida jamiyat a’zolarini ma’lum ruxda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan
rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-tuyg‘u, manfaat,
ideallarini ifoda etgan. San’at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o‘zining predmeti, mazmuni,
voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni hamda vazifalari jihatidan farq
qiladi. San’atni tushunish, uning hayotidagi o‘rnini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi
davomida jiddiy bahslarga sabab bo‘lgan. Shunga ko‘ra, can’at mazmuni ob’ektiv va sub’ektiv,
hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi.