7
1500 ta kumush va chaqa (asosan mil. avv. IV asr oxiri – II asr boshi) tangadan iborat. Hozirgi
kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan
bu yodgorliklar ichida
haykallar, turli
ko‘za, bilaguzuk, uzuk, muhr, tanganlar, oltindan yasalgan aravacha va qurollar
diqqatga
sazovordir. Bu buyumlarda uchraydigan tasvirlar birmuncha shartli bo‘lsa ham, lekin nihoyatda
ifodali ishlanganligi bilan ajralib turadi, detallari ochiq va tugal ishlanishi bilan xarakterlanadi.
«Jangchi – sak» bo‘rtma tasvirida shu fazilatlar mujassamlangan.
Ma’lumki, Aleksandr Makedonskiy mil. avv. IV asrlarda axomaniylar davlatini tor-mor
etib, O‘rta Osiyo erlarining ko‘pgina qismini o‘ziga qaratib oldi. Faqat Xorazm, Farg‘ona va
Sirdaryo bo‘yidagi ko‘chmanchi qabilalargina o‘z mustaqilligini saqlab qoldi.
Bu harbiy
yurishlar natijasida O‘rta Osiyo hududlariga ellinizm madaniyati kirib keldi.
Ellinizm
— Makedoniya, Yunoniston, O‘rta dengizning sharqiy sohillari, G‘arbiy Osiyo,
Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining Aleksandr (Iskandar) istilosi (mil. av. 334-323
yillar)dan mil. av. 30-yilda Misr Rim qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgan paytgacha o‘tgan
davr. «Ellinizm» atamasi ilmda dastlab nemis olimi I.G. Droyzenning 1836-1843 yillarda chop
etilgan 2 jildli
«Ellinizm tarixi»
asarida qo‘llangan va ushbu atama
orqali ellinlarning Sharq
mamlakatlaridagi hukmronligi va ular madaniyatining Sharq xalqlari madaniyati bilan
uyg‘unlashib hosil qilgan yangi madaniyat tushunilgan.
Ellinizm davri Qadimgi Yunon va Qadimgi Sharqning ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy
munosabatlarining qo‘shilish va bir-biriga ta’sir ko‘rsatish davridir, bu davrda madaniyat va
san’atda ham an’analar qo‘shilib bordi, uyg‘unliqda rivojlandi.
Davr ruhi va xususiyatlari,
ayniqsa, memorlik va monumental san’atda o‘zining yorqin ifodasini topdi. Hukmdorlar
o‘zlarining saltanatlarini muhtasham binolar, ajoyib san’at namunalari
bilan boyitishga harakat
qildi.
O‘rta Osiyoning ellinistik davrdagi me’morligi xarakteri uning janubiy hududlarida
seziladi. Bu davrda qurilgan binolar xarakterida
Dostları ilə paylaş: