qayta takrorlanuvchanlik, tejamlilik. Ushbu barcha tamoyillar o’zaro bog’liq bo’lib, biri
birini talab etadi va to’ldiradi. Bu tamoyillar asosida O’quv jarayoni tashkil etiladi, ya’ni
uning tayyorgarligi va o’qitish jarayoni amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning tamoyillarida pedagogik va texnologik fanlarning
yutuqlari qamrab olingan. «Pedagogik texnologiya» fani ko’rinishidagi mazkur tamoyillar
majmuasi aniqligi, isbot talab etmasligi, amaliyligi tufayli, yuqori malakali kadrlar
tayyorlashda ajoyib natijalarni beradi.
1. Ilmiylik tamoyili.
Bu tamoyil har qanday O’quv predmeti, O’quv materiali fanining zamonaviy
yutuqlariga tayanishi lozimligini ko’rsatadi. Ushbu tamoyil, eng avvalo O’quv dasturlar,
O’quv qo’llanmalar va dasturlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiylik
tamoyiliga muvofiq har yili fanlarning ishchi O’quv rejalari va O’quv materiallarini
takomillashtirish, muammoli mashg’ulot o’tkazish talab etiladi. Ilmiylik shakli va fanning
tili o’rganiladigan predmetlar xarakterining asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadilar. Ilmiy
axborotni ifoda etilish aniqligi va qat’iyligi, uni ifoda etish tizimi va aloqalariga, juda katta
e’tibor qaratishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: